Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:25

Diplomatlar Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi


Isroil bayrog‘i (illyustrativ surat)
Isroil bayrog‘i (illyustrativ surat)

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil hududida yurgan o‘zbekistonliklarga zaruratsiz yashab turgan joylarini tark etmaslikni tavsiya qildi.

O‘zbek diplomatlari mazkur tavsiyani “ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish” istagi bilan izohlashgan, biroq bu kunlar nimasi bilan “ziddiyatli” ekaniga aniqlik kiritgan emas.

Elchixona xabarnomasida O‘zbekiston fuqarolariga “mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarur”ligi eslatilgan.

Avvalroq Ozodlik 1-aprel kuni Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida Damashqda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy o‘ldirilgani, pirovardida Eron oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy “sionistik rejim jazolanishi”ni bir necha bor ta’kidlagani haqida xabar qilgan edi.

Rasmiy Tehronning qasos olinishiga oid bayonotlari ortidan turli nashrlarda Eron yaqin kunlar ichida Isroilga hujum uyushtirishi mumkinligi haqida taxminlar urchigan.

XS
SM
MD
LG