Линклар

Шошилинч хабар
15 март 2026, Тошкент вақти: 06:41

Dog‘iston muftiyati niqobni taqiqlash uchun asos topolmadi

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Shariatga oid matnlarni diqqat bilan tahlil qilish ortidan Dog‘iston fatvolar bo‘limi niqobga yoppasiga taqiq joriy etish uchun yetarli asos topa olmagan. Bu haqda Dog‘iston muftiyatining telegram-kanali orqali ma’lum qilindi.

Qayd etish joizki, muayyan vaziyatlarda xavfsizlik mulohazasidan kelib chiqqan holda ma’lum joyda niqob uchun taqiq joriy etilishi mumkin, chunki Islomda jamiyat xavfsizligi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Biroq mazkur taqiq faqatgina tashqi omillar tufayli kiritilishi va vaqtincha xarakterga ega bo‘lishi lozim”, deyilgan xabarnomada.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiyada niqobni “zudlik bilan” taqiqlash zarurligini bildirib, bunga asos o‘laroq yaqinda Dog‘istondagi cherkov va sinagogaga qilingan hujumlarni hamda Rostov-Dondagi tergov hibsxonasida mahbuslar odamlarni garovga olganini eslatgan.

Bunga javoban Dog‘iston muftiysi Ahmad Afandi Abdullayev tez orada respublika muftiyati niqobni taqiqlash haqida fatvo chiqarishini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG