Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:48

“Dok-1 Maks” ishi apellyatsiya sudida ko‘rilmoqda


“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tgan avvalgi sud hukmi shu yil 26-fevralida o‘qilgan edi
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tgan avvalgi sud hukmi shu yil 26-fevralida o‘qilgan edi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlangan 7 nafar shaxs avvalgi sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya tarzida sudga shikoyat arizasini kiritishgan. Bu haqda “Daryo” nashri o‘z manbasi so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

Nashr qaydicha, birinchi instansiya sudi hukmidan norozi bo‘lganlar orasida Quramax Medikal shirkatining 20 yilga qamalgan direktori, hindistonlik Singh Ragvendra Pratar, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining 18 yilga qamalgan sobiq direktori Sardor Kariyev va uning har biri 16 yildanga qamalgan muovinlari Amirxon Azimov va Nodirbek Musayev, 16,5 yilga qamalgan Shoyusuf Shodmanov hamda 2 yil muddatga ozodligi cheklangan Sherzod Abdug‘aniyev va Islombek Mirzayoqubov bor.

Toshkent shahar sudida ko‘rilgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukm joriy yilning 26-fevralida chiqarilgan edi. Mazkur sud hukmiga muvofiq, yuqorida ismi zikr etilganlardan tashqari yana 16 kishiga (sudlanganlarning jami 23 kishi) nisbatan turli muddatlarga ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish shaklida jazolar tayin qilingan.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha jinoyat ishi mazkur siropni ichgan kamida 69 nafar bola vafoti ortidan ochilgan va birinchi instansiya sudida 6,5 oy davomida ko‘rib chiqilgan edi. Mazkur ish yuzasidan apellyatsiya sudi 5 apreldan boshlangani, galgi sud majlisi esa 15-aprelga belgilangani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG