Линклар

Шошилинч хабар
16 Aprel 2026, Тошкент вақти: 16:22

Dubay shahzodasi yana Navoiyda tuvaloq ovlamoqda

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Dubay amirligi valiahd shahzodasi shayx Hamdam bin Muhammad al-Maktum an’anaga ko‘ra bu yil ham ov qilgani O‘zbekistonga keldi.

Shahzoda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan fotosuratlarda u Navoiy viloyati hududida lochin yordamida tuvaloq ovlayotganini ko‘rish mumkin.

Parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, shikor, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadigan shahzoda har yili Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi”da ov qiladi. 300 gektar yer maydonga ega ushbu markaz 2008-yili BAA vitse-prezidenti shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktum tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Ozodlik avvalroq Dubay valiahd shahzodasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oilasi vakillarining ham mehmoni bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, BAA vitse-prezidenti tashabbusi bilan ochilgan markazda yetishtirilgan yuzlab yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Ayni paytda xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlarni ov qilgan shayxning o‘nlab lochini “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti biznes salonida uchgani tarmoqlarda bahslar ham uyg‘otgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG