Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:21

Dunyo bo‘ylab Falastin va Isroil tarafdorlari namoyishlari


Isroil-Falastin, namoyishlar.
Isroil-Falastin, namoyishlar.

HAMASning Isroilga hujumi bir yilligi arafasida Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyo bo‘ylab Falastin va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. “Assoshieyted Press” xabar agentligi dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan norozilik aksiyalariga e’tibor qaratdi.

Berlindagi Brandenburg darvozasi yaqinida yuzlab isroilparast namoyishchilar politsiya hamrohligida «Hamma antisemitizmga qarshi», «G‘azoni Hamasdan ozod qiling!», « Garovdagilarni uyga qaytaring» deya hayqirgancha marsh o‘tkazdi.

Parijda ham minglab namoyishchilar 7-oktyabr hujumida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirga yig‘ildi. Ayelet Samerano, Hamas hujumida o‘g‘irlab ketilgan Jonatan Sameranoning onasi.

«Biz birlashgan xalqmiz. Biz birga kuchlimiz... hech qanday dushman bizni sindira olmaydi. Ana shu birdamlik va kuch-qudrat bilan yaqinlarimizni uyga qaytaramiz».

Isroil janubidagi namoyishda 7-oktyabrdagi qurbon bo‘lganlar yodga olindi.
Isroil janubidagi namoyishda 7-oktyabrdagi qurbon bo‘lganlar yodga olindi.


Londonning Xayd- parkida ham Isroil bayroqlarini ko‘targan olomon xotira tadbiriga yig‘ildi.

Isroilning Braziliyadagi elchisi Daniyel Zohar Zonshine va Braziliya Federal okrugi Yevangelist Pastorlar Kengashining qo‘shma chaqirig‘iga binoan mingga yaqin odam poytaxt Braziliyada yig‘ildi.

Ayni paytda, Falastin tarafdorlari ham dunyo bo‘ylab ommaviy namoyishlarga chiqdi. Marokash poytaxti Rabotda minglab odamlar namoyishga chiqib, hukumatni mamlakatning Isroil bilan o‘rnatgan 2020-yilgi kelishuvini bekor qilishga chaqirishdi.

«Isroil hech qanday qonunlarga rioya qilmayapti. Falastin va livanliklarga qarshi agressiv urush olib bormoqda», deydi kasablankalik Abdulloh Miftah.
Marokash hukumati G‘azodagi urushni qoralab chiqqan bo‘lsada, Isroil bilan aloqalarini ham saqlab qoldi.

Pokiston janubidagi Karachi shahrida mamlakatning eng yirik diniy siyosiy partiyasi «Jamoat-i-Islomi» tomonidan Falastin tarafdorlarining ommaviy mitingi uyushtirildi. Partiya rahbari Hofiz Naim-ur Rahmon norozilik namoyishidan maqsad “dunyoni uyg‘otish, terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSHga signal berish" uchun ekanini aytadi.

ҲАМАС “тўлақонли келишув”га рози
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:41 0:00


Avstraliyada ham minglab odamlar Falastin va Livanni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi. Ayni bvaqtda Melburnda Isroil tarafdorlarining ham mitingi bo‘lib o‘tdi.

Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro Yevropada yangi terror xurujlariga turtki berishi, norozilik namoyishlari zo‘ravonlikka aylanib ketishi mumkinligi sababli bir qancha mamlakatlar xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloni politsiya bilan «to‘liq birdamlik»ni bildirganidan bir kun o‘tib, xavfsizlik kuchlari Rimda zo‘ravon namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar bilan tarqatib yubordi.

Rimda Falastin tarafdorlari va politsiya o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvda 30 nafar politsiyachi va to‘rt nafar namoyishchi jabrlandi, deya xabar berdi mahalliy matbuot.

Rimda namoyishchilar politsiyaga qarata tosh, shisha idishlar uloqtirgan.

Papa Fransisk Vatikandan turib tinchlikka chaqirar ekan, G‘azoda ushlab turilgan garovdagi isroilliklarni «zudlik bilan ozod qilish» kerakligini ham ta’kidladi.

O‘tgan yil 7-oktyabr kuni Hamas Isroilga kutilmagan hujum uyushtirib, 1200 isroillikni o‘ldirgan hamda 250 kishini garovga olishi ortidan urush boshlanib ketgan edi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, o‘shandan beri G‘azoda 41 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar.
G‘azoda 100 ga yaqin isroillik asirlikda qolmoqda, ularning 70ga yaqini tirik deb ishoniladi.

XS
SM
MD
LG