Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:21

Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi


Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimidan lavha, 2024-yil 19-apreli (president.uz fotosi)
Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimidan lavha, 2024-yil 19-apreli (president.uz fotosi)

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 19-aprel kuni O‘zbekiston elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, binoning ochilish tadbiri Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan.

Marosimda Mirziyoyev mezbon prezident Emomali Rahmon bilan birgalikda ramziy tasmani kesgan, shundan so‘ng davlat rahbarlari elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishganlar. Marosim yakunida ikki prezident elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirishgan.

O‘zbekiston prezidenti 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lishi haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

Tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan Emomali Rahmon 18-aprel kuni tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazishgan, so‘ngra ikki davlat o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolashgan.

19-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashgan.

Shu kuni Mirziyoyev yana tojikistonlik hamkasbi hamrohligida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishgan.

Shu bilan Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi o‘z yakuniga yetgan va O‘zbekiston prezidenti Toshkentga qaytgan.

XS
SM
MD
LG