Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:53

DXX sobiq raisi Azizov sobiq adliya vaziriga muovin bo‘ldi


DXXning sobiq raisi Abdusalom Azizov
DXXning sobiq raisi Abdusalom Azizov

Joriy yilning 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida Shavkat Mirziyoyev tomonidan Davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi lavozimidan bo‘shatilgan Abdusalom Azizov prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi etib tayinlangan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

General Azizovning DXX raisi lavozimidan olinishini Ozodlik manbalari shu yilning 26-oktyabr kuni Qibray tumanida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘lashgan.

64 yashar Abdusalom Azizov Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon DXXning ishdan olingan uchinchi rahbaridir. Ichki ishlardan chiqqan Azizov 2019-yil fevralida DXX raisi etib tayinlangan va bu lavozimda 5 yildan ko‘proq ishlagan.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov yoyinlagan xabarnomada Shavkat Mirziyoyevning farmonlari asosida boshqa qator mulozimlarning muayyan lavozimlarga tayinlangani yoki ishdan olingani ham bildirilgan. Ular orasida avval adliya vaziri lavozimida ishlagan Ruslanbek Davletov ham bor.

Vazirlikdan so‘ng prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Mirziyoyevning yangi farmoni bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Shundan kelib chiqilsa, DXXning sobiq raisi endilikda sobiq adliya vaziriga muovinlik qiladi.

XS
SM
MD
LG