Линклар

Шошилинч хабар
15 июн 2021, Тошкент вақти: 09:14

“Elektroset” kambag‘alning sigirini o‘ldirdi, ammo tovon to‘lamayapti”


Norboy Nazarovning sigirini montyorlarning aybi bilan tok urgani tasdiqlangan.

Samarqand viloyat, Payariq tuman, Qo‘shtegirmon qishlog‘idan OzodMikrofonga arz qilgan 60 yashar Norboy Nazarovning aytishicha, tuman elektr tarmoqlari idorasining aybi bilan ro‘zg‘ornnng yagona madadkori bo‘lgan bo‘g‘oz sigirini tok urib o‘ldirgan. Ammo hodisa o‘sha joyning o‘zida elektr tarmoqlari idorasi xodimlari va MFY mulozimlari bilan birgalikda rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, tovon puli to‘lanmayapti:

“Электросет” сигиримни ўлдирди, аммо товон тўламаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00
Бевосита линк

“Shu yilning 8 - mart kuni ertalab molimizni podaga haydab chiqayotgan paytim, uch oydan keyin tug‘ishi kerak bo‘lgan sigirim beton stolbaga tegib ketib, tok urib o‘ldi. Bu stolbaning simlarini montyorlar yaqinda yangilagan, tepadan beriladigan massaning o‘rniga 220 voltli fazani ulab ketgan ekan. Bir kun oldin yomg‘ir yoqqan edi. Yaxshiyam, biror odam yoki bola borib ushlamagan. Mahalla oqsoqoliga arz qildim, u darhol elektrchilarni chaqirdi. Ular yetib kelib, voqeani ko‘rib, haqiqatan ayblari borligini tan olib, qog‘ozlarga imzo ham qo‘yib ketishdi. Ammo oradan uch oy o‘tayotgan bo‘lsa-da, elektr tarmoqlari idorasi na sigir olib beradi, na 13 million so‘mlik tovon to‘laydi. Arz qilmagan joyim qolmadi. Endi esa nima qilsang qil, bir tiyin ham bermaymiz deb turib olishgan. Bir kambag‘alni qaqshatib, shunaqa qilishadimi bular?”

Norboy Nazarovning turli idoralarga yozgan shikoyatlari e’tiborsiz qolmoqda.
Norboy Nazarovning turli idoralarga yozgan shikoyatlari e’tiborsiz qolmoqda.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG