Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 09:54

Eronda Ozodlikning sobiq jurnalisti 10 yilga qamaldi


"Fardo" radiosi sobiq jurnalisti Rizo Valizoda
"Fardo" radiosi sobiq jurnalisti Rizo Valizoda

Eron sudi Ozodlikning Eron xizmati — “Fardo” radiosi sobiq jurnalisti Rizo Valizodani 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U “dushman bo‘lgan Amerika hukumati”ga ishlaganlikda ayblangan.

Mahkama jarayonida sudya davlat qoralovchisi vazifasini ham bajargan. Eron pasportidan tashqari AQSH fuqaroligi ham bo‘lgan Valizoda jazo muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ikki yil ichida mamlakatni tark etolmaydi, Tehron va uning atrofida yasholmaydi va siyosiy tashkilotlarga qo‘shilolmaydi, deya xabar qildi “Fardo” radiosi.

Valizoda Ozodlikning Eron xizmati bilan 10 yil hamkorlik qilib, 2022-yilda ishdan bo‘shab ketgan. Shu yil boshida u oilasi bilan ko‘rishish uchun Eronga borganida ushlangan, keyin esa hibsga olingan. Bunga uning Eron razvedkasi va AQSH tomonidan terror tashkiloti deb tan olingan Islom inqilobi posbonlari korpusi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Qarindoshlarining aytishlaricha, maxsus xizmatlar jurnalistga Eronga uchib kelgan taqdirda uning uchun hech qanaqa xatar yo‘qligini norasmiy ravishda va’da qilishgan. U o‘z ishi ko‘rib chiqilayotgan paytda sudyaga bu haqda eslatgan.

AQSH Davlat departamenti Valizodaning qo‘lga olinishini qoralab, uni adolatsiz va xalqaro huquq me’yorlariga zid, deb atagan. “Chegara bilmas muxbirlar” va Jurnalistlar himoya qilish qo‘mitasi Eron rasmiylarini jurnalistni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG