Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:02

Eronda taniqli reper Solihiy qatl etiladigan bo‘ldi


Tumaj Solihiy
Tumaj Solihiy

Eron rasmiylari mashhur reper Tumaj Solihiyni o‘limga hukm etishdi. Bu haqda 24-aprel kuni Reuters agentligi xabar qildi.

Solihiyga nisbatan chiqarilgan hukm uning 2022-2023-yillarda Eronda kuzatilgan ommaviy norozilik chiqishlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq. Artist o‘z qo‘shiqlari va omma oldidagi chiqishlarida norozilarni qo‘llab-quvvatlagan.

Solihiy 2022-yil oktyabrida hibsga olingan edi. 2023-yili Eron Oliy sudi uni 6 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan. Biroq Isfahon shahar sudi Oliy sud qarorini qayta ko‘rib chiqib, reperga o‘lim hukmini chiqargan.

Solihiyning advokati Amir Raisiyon shahar sudining bu ishini misli ko‘rilmagan holat deb atab, o‘z himoyasidagi shaxs hukm ustidan shikoyat qilishini bildirgan.

Eronda ommaviy norozilik chiqishlari hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani ortidan vafot etgan toliba Mahsa Aminiy o‘limidan keyin — 2022-yil sentyabrida boshlangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Aminiy insultni boshdan kechirgan, biroq uning yaqinlari politsiyachilar qizni urib o‘ldirishganiga shubha qilishmaydi.

Ko‘cha namoyishlari bir necha oy davom etgan va bu Eronning muhofazakor rahbariyatiga qarshi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy chaqiriqlardan biri bo‘lgan. To‘qnashuvlarda yuzlab odam nobud bo‘lib, minglab odam hibsga olingan, namoyishchilar ichidan bir necha kishi qatl etilgan.

XS
SM
MD
LG