Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 21:41

Farg‘onada qoramollar kasallikdan nobud bo‘lyapti


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Farg‘ona viloyatining Buvayda, Rishton, Farg‘ona tumanlari va Marg‘ilon shahrida qoramollar teri toshmasi kasalligidan qirilib ketyapti.

Holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan Kun.uz nashri kasallik ayniqsa Rishton tumanida keng yoyilgani, ayrim xonadonlarda ikki-uchtadan mol nobud bo‘lganini aniqlagan.

Mollarning oyog‘i shishib cho‘loqlana boshladi, keyin doktorga davolatdik, iloji bo‘lmadi. Dori-darmonga ham ikki-uch million pul sarfladik. Bu kasallikdan davo topgan mol haqida aniq eshitmadim. Ko‘p mollar o‘lib ketyapti”, degan ikki qoramolidan ayrilgan farg‘onalik Alisher Abdumutalov.

Qayd etilishicha, kasallik tarqalgan hududlar aholisi mol go‘shti sotib olishdan ham qo‘rqmoqda.

Rishton tumani veterinariya bo‘limi xodimi A’zamjon Yangiboyevga ko‘ra, chorva mollarida kuzatilayotgan bu xastalik nodulyar dermatit deb ataladi. Virus Xitoydan kirib kelgan deb taxmin qilinmoqda.

Ushbu teri-tanosil kasalligining insonga yuqishi isbotlanmaganini qayd etgan mutaxassis aholini faqat veterinariya nazoratidan o‘tkazilgan go‘shtni iste’mol qilishga undagan.

Veterinariya mas’uli nodulyar dermatit kasalligining oldini olish maqsadida xonadonlardagi qoramol va qo‘ylarni emlash ishlari olib borilayotganini aytgan.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan farg‘onaliklar davlat idoralaridan ushbu chorva kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirishni so‘ragan.

XS
SM
MD
LG