Линклар

Шошилинч хабар
13 июн 2021, Тошкент вақти: 13:33

Fermer: “35 qo‘y, 11 echki va 1 ta otni o‘g‘irlashdi, IIB va prokuratura tergov qilmayapti”


Hamza Boltayevning aytishicha, 12ta qo‘yni ana shu uyning tomni buzib olib ketishgan.

Navoiy viloyat, Tomdi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “Nazarov Karim Naimovich” fermer xo‘jaligining ish boshqaruvchisi Hamza Boltayevning “OzodMikrofon”ga arz qilishicha, ikki marta uning qo‘ylarini o‘g‘irlab ketishgan. Ammo tuman IIB va prokuraturasi jinoyatchilikni kam ko‘rsatish uchun bu o‘g‘riliklarni tergov qilishni xohlamayapti:

Фермер: “Навоийда ИИБ ва прокуратура жиноят ишларини маъмурийга айлантиришга ҳаракат қилмоқда!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:42 0:00
Бевосита линк

“2020 - yilning 14 - noyabriga o‘tar kechasi Oqtaqir degan yaylovdagi cho‘pon uyining tomini buzib, 11 ta sovliq va bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab ketishgan edi. O‘sha kuni biz Tomdi tuman IIBga telefon orqali xabar qildik. Xodimlar kelib ko‘rdi. Bizga 26 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Lekin IIb xodimlari buni ma’muriy ish deb, jinoyat ishi ochishmadi. Qo‘ylar ham o‘g‘ri ham shu bilan topilmadi”.

Hamza Boltayevning aytishicha, qirq kun o‘tganidan so‘ng yana o‘g‘rilik bo‘lgan:

“2020 - yilning 24 - dekabrida boshqa bir otarimizdan 23 ta qo‘y, 11 ta echki va bitta otni o‘g‘irlab ketishdi. O‘zimiz rosa qidirdik topolmadik va 4 - yanvar kuni yana telefon orqali IIB navbatchilik qismiga aytdik. Lekin hech kim kelmadi. Keyin Navoiy viloyat prokuraturasiga shikoyat qildik, ikki marta o‘g‘rilik bo‘ldi, bu ma’muriy emas, jinoyat ishi tarkibiga kiradi, IIB ishlamayapti, deb. Keyin Tomdi tumani prokurori birinchi o‘rinbosari Alibek degan yigit bizni chaqirdi. Borsak, u ichki ishlarini himoya qilib, qaytadan ariza yozib bering, deydi. Men, biz 4 - yanvarda telefon orqali murojaat qilganmiz, nega bu kundan arzia yozib berishim kerak, desam, yangidan yozing deydi. Keyin 16 - fevral kuni tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limidan bir yigit kelib, 12 - fevraldan ariza yozib bering, deydi. Xullas, IIB va prokuratura jinoyatchilikning sonini kamaytirib ko‘rsatish uchun jinoyat ishini ham ma’muriy deb bayonlashtiryapti, o‘g‘rilarni qidirib topishga esa umuman harakat qilmayapti. Eng qizig‘i, bularning ustidan respublikaga yozgan shikoyatlarimiz yana shularning o‘ziga qaytib kelyapti”.

Hamza Boltayevning aytishicha, u bankdan 4,5 milliard so‘m kredit olib chorva sonini ko‘paytirishga harakat qilyapti. Ayni paytda qo‘ylar soni besh mingtaga yaqinlashib qolgan. Saksonta oti ham bor. Har oy bankka 180 million so‘m kreditga to‘laydi. O‘tgan ikki oy davomida qariyb 100 million so‘mlik chorvasi o‘g‘irlab ketilgan, ammo Tomdi tumani IIB jinoyatchilik sonini kamaytirib ko‘rsatish uchun bu haqiqiy jinoyatlarni ham ma’muriy deb xaspo‘shlashga harakat qilmoqda”.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG