Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:01

Foydali qazilmalar noqonuniy tasarrufi uchun jinoiy javobgarlik belgilandi


O‘zbekistonda foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Adliya vazirligi qaydicha, mamlakat prezidenti tomonidan 28-oktyabr kuni imzolangan qonunda ana shunday talab ilgari surilgan.

Amaldagi qonunchilikda foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 dan 50 baravarigacha, mansabdorlarga esa 50 dan 100 baravarigacha miqdorda jarima ko‘zda tutilgan.

Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy choradan so‘ng bir yil davomida takrorlansa, fuqarolarga BHMning 50-70, mansabdorlarga esa 100-150 baravarigacha jarima solinadi. Shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishda qo‘llanilgan ashyo musodora qilinadi.

Endilikda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish huquqbuzarligini takror sodir etganlik uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.

Adliya vazirligi axborotida ushbu xatti-harakat uchun aynan qanday jazo belgilanayotgani ochiqlanmagan.

Ochiq ma’lumotlarga qaraganda, 2019-2021-yillarda mamlakatda noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari ko‘rsatkichi 101 tadan 200 taga ortgan. Bu turdagi huquqbuzarliklar Qashqadaryo (80 ta), Samarqand (74 ta) va Toshkent viloyatlarida (71 ta) eng ko‘p qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG