Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2025, Тошкент вақти: 22:55

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston termasi trenerining yana tobi qochdi


Srechko Katanes
Srechko Katanes

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 3-bosqich saralashida Eron va BAAga qarshi o‘yinlarni bosh murabbiysiz o‘tkazadi.

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati qaydicha, Srechko Katanes “salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra” jamoani vaqtincha boshqara olmaydi.

Ikki muhim uchrashuvga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.

O‘zbekiston 10-oktyabr kuni Eron, 15-oktyabrda esa BAA vakillariga qarshi to‘p suradi.

Sloveniyalik Srechko Katanes 2021-yil avgust oyida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U bilan 2025-yilgacha shartnoma imzolangan.

Mahalliy matbuot Srechko Katanes uchinchi marta betobligi vajidan terma jamoaga ko‘mak bera olmayotganiga e’tibor qaratgan. U aynan “sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar” sabab 2023-yil iyun oyida Turkmanistonga qarshi, 2024-yil mart oyida esa Honkongga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan.

“Daryo.uz” nashrining yozishicha, sloveniyalik mutaxassis o‘tgan yil 5-iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida “agar uchinchi marta sog‘lig‘i sabab termani tark etsa, boshqa qaytib kelmasligi”ni aytgan.

XS
SM
MD
LG