Линклар

Шошилинч хабар
15 май 2021, Тошкент вақти: 10:21

Futbolda janjal: Yevropa klublari yangi Superliga tuzdi, UEFA ularni o‘yinlardan chetlatmoqchi


Dushanba kuni Angliya, Ispaniya va Italiyadagi 12 klub yangi Superliga tuzilganini e’lon qildi. Klublarning bu qarorini futbol ishqibozlari, FIFA, hatto shahzoda Uilyam keskin tanqid qildi.

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin bu klublar yetakchilarini "ilonlar" va "yolg‘onchilar" deb atadi.

Cheferin Superliga a’zolari Yevropa chempionati va keyingi yilga belgilangan Jahon chempionatidan chetlatilishini aytib, tahdid qildi.

“Real Madrid” prezidenti, Superliga raisi Florentino Peres UEFAning klub futbolchilarini jazolash tahdidiga katta e’tibor bermadi.

O‘yinchilar "bunday bo‘lmasligiga amin bo‘lishlari mumkin", dedi Peres Ispaniya televideniyesiga bergan intervyusida.

"Bunday bo‘lmaydi. Masalaning huquqiy jihatlariga to‘xtalmaymiz, ammo bunday bo‘lmaydi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Isyonchi 12 klubning uchtasi – "Chelsea", "Manchester City" va "Real Madrid" kelasi hafta Chempionlar ligasi yarim finalida maydonga tushishi kerak. Yana ikki klub – "Manchester United" va "Arsenal" Yevropa ligasi yarim finaliga etgan.

Cheferin klublarni "iloji boricha tezroq" UEFA musobaqalaridan chiqarib yubormoqchi ekanini, ammo buning uchun avval masalaga yuridik baho berilishini aytdi.

Peres yangi musobaqa "futbolni saqlab qolish" uchun yaratilayotganini aytib, "imtiyozdan mahrum bo‘lganlar" Superligani yomon otliq qilishga urinayotganidan shikoyat qildi.

"Biz hammaga bu boy klublar uchun liga emasligini tushuntirishimiz kerak. Bu barcha klublarni saqlab qolish uchun liga. Aks holda, futbol o‘ladi", dedi Peres seshanba kuni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Yevropa futbolini nazorat qiluvchi idora bilan kelishuvga erishilmasa, kelasi mavsumda yangi liga o‘yinlari boshlanmaydi.

Dushanba kuni 12 klub o‘z qarorini e’lon qilishi ortidan bir necha soat o‘tib, Cheferin UEFA ijroiya qo‘mitasi yig‘inini o‘tkazdi.

Superliga tuzgan 12 klub FIFA va UEFA yetakchilariga ehtimoliy sanksiyalar sababli ular ustidan sudga murojaat qilganini bildirgan.

"Associated Press" agentligining xabar berishicha, bu maktub Cheferin hamda FIFA prezidenti Janni Infantinoga yuborilgan.

Hozirda jamoalar Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishdan oldin har yili mahalliy ligalarda qatnashishlari kerak. Superliga esa har mavsumda ligaga asos solgan 15 ta klubga o‘rin beradi.

"Associated Press" agentligiga ko‘ra, Superliga qurish qarori "Arsenal", "Liverpool" va "Manchester United" klublarining amerikalik egalari tashabbusi bo‘lgan.

UEFA Superliga klublarini, shu qatorda, "Barcelona" va "Juventus" klublarini ularga qarshi qonuniy chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirdi va ular Ispaniya chempionati va Premyer-liga kabi mavjud mahalliy musobaqalardan chetlatilishi mumkinligini bildirdi.

"Associated Press" agentligi klublarning Infantino va Cheferinga yozgan maktubi nusxasini qo‘lga kiritdi.

Agentlikning xabar berishicha, Superliga maktubida "FIFA va UEFA biror a’zo klub yoki o‘yinchini tegishli musobaqalardan chetlatish uchun jazo choralarini ko‘rishi mumkinligidan tashvishdamiz", deb yozilgan.

Superligaga a’zo bo‘lgan jamoalar orasida Angliyaning "Tottenham", Ispaniyaning "Atletico Madrid" hamda Italiyaning "AC Milan" va "Inter Milan" klublari bor.

XS
SM
MD
LG