Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:45

Germaniyada markaziy osiyolik yetti kishi terrorizmda gumonlanmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Germaniya federal prokuraturasi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan yetti nafar fuqaroga terroristik guruh tashkil qilib, uning faoliyatida ishtirok etganlik va “Islom davlati” terror tashkilotini dastaklaganlikka oid ayblov bildirdi. Bu haqda prokuratura saytidagi bayonotda aytilgan.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, ayblanuvchilar Germaniya g‘arbida joylashgan Shimoliy Reyn-Vestfaliyada o‘tgan yil yozida qo‘lga olingan va o‘shandan buyon hibsxonada saqlanmoqda. Qo‘lga olinganlardan besh nafari Tojikiston, biri Turkmaniston, yana biri esa Qirg‘iziston fuqarolari ekani aytilgan. Prokuratura qaydicha, bu odamlar “anchadan beri bir-birlarini tanishadi va radikal islomiy qarashlarga egalar”.

Bayonotda keltirilishicha, ayblanuvchilar Germaniyaga 2022-yil bahorida Ukrainadan kelishib, mamlakatda hujumlar uyushtirish uchun terror guruhi tuzishgan. “Buning uchun ular muntazam ravishda uchrashishib, hujum qilinishi mumkin bo‘lgan obyektlarni ko‘zdan kechirishgan hamda qurol sotib olishga urinishgan”, deya iddao qilgan prokuratura.

Ayni paytda, huquq-tartibotchilar qaydicha, qo‘lga olingan paytda ularda konkret hujum rejasi bo‘lgan emas. Qo‘lga olinganlar IDning Afg‘onistondagi “Xuroson” bo‘linmasi a’zolari bilan aloqada bo‘lishgan.

Bundan tashqari, guruhdagi bir kishidan tashqari ayblanuvchilarning barchasi “Islom davlati” uchun pul yig‘ishgan va 2022-yil aprelidan 2023-yil mayigacha terrorchilarga bir necha ming yevro o‘tkazib berishgan.

XS
SM
MD
LG