Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi prokurori Myanmaning muvaqqat prezidenti Min Aun Xlaynni hibsga olish uchun order berilishini so‘radi. U mamlakatdagi musulmon ozchiligi bo‘lmish rohinjalarga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Prokuror Karim Xonga ko‘ra, yaqin orada u Myanmaning boshqa siyosiy liderlari uchun ham order talab qiladi.
“Bu bilan biz hamkorlarimiz bilan birgalikda rohinjalar yodimizdan chiqmaganini namoyish qilamiz”, deya bildirgan u Bangladeshdagi qochqinlar lagerida chiqish qila turib.
Myanma asosan buddaviylar yashaydigan mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Biroq mamlakat g‘arbidagi Pokiston bilan chegaradosh Rakxayn viloyatida musulmonlar ham istiqomat qilishadi. Rasmiylar ularni o‘z fuqarolari deb tan olishdan bosh tortib kelishadi, ularga ko‘ra, bu yerda gap asosan noqonuniy muhojirar haqida bormoqda.
2012-yili diniy nizo yoyilgan paytda 100 mingga yaqin rohinja uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. 2017-yilda Birmadagi politsiya uchastkalariga hujum ortidan ziddiyat yana avjiga chiqqan. Rasmiylar Rakxaynda aksilterror amaliyotini e’lon qilishgan. Mazkur amaliyot chog‘ida tinch aholi vakillariga hujumlar uyushtirilgan. Buning natijasida millionga yaqin kishi Pokistonga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan, deya xabar qilgan Associated Press agentligi. Harbiylar va politsiyani hujumlarga, iddaoga ko‘ra, armiyaga qo‘mondonlik qiluvchi general Min Aun Xlayn yo‘naltirgan.
U 2021-yili harbiylar bilan birgalikda fuqaroviy hukumatni ag‘darib, avvaliga o‘zini o‘tish davri hukumati bosh vaziri, keyin esa muvaqqat prezident deb e’lon qilgan. Unga qarshi AQSH va Buyuk Britaniyada sanksiyalar joriy qilingan.
Mamlakatga qarshi XJS tomonidan genotsid ayblovi bo‘yicha yana bir tergov yuritilmoqda. Birma rasmiylari va Rakxaynda yashovchi buddaviy aholi rohinjalar ta’qib qilinayotganini rad etib keladi. Mamlakat Xalqaro jinoyat sudi a’zosi emas.