Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:39

Haitidagi qurolli hujumlar oqibatida 180 kishi qurbon bo‘ldi


So‘nggi oylarda Haiti shaharlari ko‘chalarida tartibsizliklar va zo‘ravonlik holatlari sezilarli darajada ko‘paygan (illyustrativ surat)
So‘nggi oylarda Haiti shaharlari ko‘chalarida tartibsizliklar va zo‘ravonlik holatlari sezilarli darajada ko‘paygan (illyustrativ surat)

Haitining Site-Soley shahrida o‘tgan hordiq kunlari 180 kishi o‘ldirilgan, deya bildirdi 9-dekabr kuni bosh vazir devonxonasi.

Haitidagi huquqbonlik tashkiloti odamlarni yoppasiga o‘ldirgan shaxslar mahalliy turg‘un boshchiligidagi jinoiy to‘da a’zolari bo‘lganini ma’lum qilgan. Tashkilot qaydicha, to‘daboshi o‘z yurtdoshlarini farzandi kasal bo‘lishiga sabab bo‘lgan “jodugarlik”da ayblagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Qizil chiziqdan o‘tib ketildi. Qirg‘inni uyushtirgan to‘da lideri Monel "Mikano" Feliks doxil ommaviy qotillikda aybdorlar topilib, yo‘q qilinadi”, deya bildirgan bosh vazir ofisi.

Bosh vazir vakiliga ko‘ra, hujum chog‘ida asosan qariyalar qurbon bo‘lgan.

Davlat institutlari faoliyatini kuzatib boruvchi va huquqiy savodxonlikni oshirish bilan shug‘ullanuvchi Huquqbonlik tashkilotlari milliy tarmog‘i 8-dekabr kuni 60 va undan katta yoshda bo‘lgan kamida 110 kishi hordiq kunlari Site-Soleyda o‘ldirilgani haqida ma’lumot tarqatgan.

Keyinroq huquq faollari o‘ldirilganlar soni oshishi mumkinligini bildirishgan. Ularning guvohlardan olingan ma’lumotlarga tayanib qayd etishlaricha, “jarohatlar yetkazilgan jasadlar ko‘chalarda yoqib yuborilgan, ular orasida qariyalarga yordam qilishga uringani taxmin qilinayotgan yoshlarning jasadlari ham bo‘lgan”.

BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik o‘tgan hordiq kunlari qurbon bo‘lganlar soni kamida 184 nafar bo‘lgani, ulardan 127 nafarini qariyalar tashkil qilishini ma’lum qilgan.

Haiti rasmiylari 2022-yildayoq BMTdan xavfsizlikni ta’minlash uchun mamlakatga missiya yo‘llashni so‘rashgan. Missiya yo‘llash qarori bir yil keyin ma’qullangan, biroq, Reuters qaydicha, bugungi kunga kelib bu qaror qisman bajarilgan va Haitida haligacha resurs yetishmasligi his etilmoqda.

XS
SM
MD
LG