Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

Ikki yil avval "Toshkentda rejalangan terakt" tafsiloti ochiqlandi. 4 kishi qamoqda


O‘zbekiston davlat telekanalida namoyish etilgan "Xilvatdagi xatar” ko‘rsatuvi ayblanuvchilarning iqrorlik ko‘rsatmalari asosida hozirlangan. Video skrinshoti.
O‘zbekiston davlat telekanalida namoyish etilgan "Xilvatdagi xatar” ko‘rsatuvi ayblanuvchilarning iqrorlik ko‘rsatmalari asosida hozirlangan. Video skrinshoti.

O‘zbekiston maxsus xizmatlari 2022-yil boshida "Toshkentning bir necha joyida terrorchilik hujumlarini rejalagan" 4 shaxsni qo‘lga olgan. Orasida bir nafar voyaga yetmagan shaxs ham bo‘lgan 4 kishi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazolariga mahkum etilgan.

1-aprel kuni O‘zbekiston davlat telekanalida namoyish etilgan "Xilvatdagi xatar” ko‘rsatuvi ayblanuvchilarning iqrorlik ko‘rsatmalari asosida hozirlangan.

Ko‘rsatuv mualliflari nima uchun ikki yil avval fosh etilgan terrorchilik hujumi haqida endi xabar berilayotgani haqida savolga javob berishmagan.

Maxsus ko‘rsatuv Moskvadagi "Krokus" konsert saroyida 140 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan terrorchilik hujumi fonida namoyish etilmoqda.

ISHIDchi, namozxon va IT-talaba

Ko‘rsatuvda bayon qilingan jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Muhammad O‘rolov Suriya davlatida turib, Telegram orqali jiniy guruh tashkil etib, "2022-yilning bahor va yoz oylarida Toshkent shahrining bir necha nuqtalarida portlashlar uyushtirishni rejalagan".

Ayblanuvchilar sud zalida.
Ayblanuvchilar sud zalida.

ISHID targ‘ibotchisi va faoli ekani aytilgan Muhammad O‘rolov Toshkent shahrida istiqomat Davronbek To‘rabekov, Ziyovuddin Amanov, va Hayitboy Ahmadjonovlarni "diniy ekstremistik g‘oyalar atrofida birlashtirib, ularga jihod g‘oyalari, g‘ayridinlarga xizmat qiluvchi bir necha obyektlarni portlatish topshirig‘ini bergan".

Ko‘rsatuvda ayblanuvchilar (orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor) Toshkent shahridagi "Mulla Qosim" masjidida birgalikda namoz o‘qigani urg‘ulangan.

Ko‘rsatuv davomida aytilishicha, jinoiy guruh a’zolari Toshkent shahridagi Inha Universitetida tahsil oluvchi, kimyoviy moddalar va IT sohasini puxta o‘zlashtirgan talaba Izzatullo Zaynitdinovni uning portlovchi moddalar mutaxassisi ekanini bilib, bu ishga jalb qilishgan.

Ислом, Каримов ва Тоҳир Йўлдош. Наманган воқеаларига 30 йил тўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:25 0:00

Sud hukmida jinoiy guruh a’zolari poytaxtning bir necha joylari, xususan, aeroport, Toshkentdagi Isroil elchixonasi singari obyektlarda portlashlar sodir etish uchun tayyorgarlik ko‘rgani aytiladi.

DXX tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv amaliyoti chog‘ida bu shaxslarning yashash xonadonlaridan portlovchi kimyoviy moddalar qoldiqlari, obyektlar chizmalari ashyoviy dalil sifatida olingani aytiladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh vakillari "poytaxtda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etib, darhol mamlakatdan chiqib ketishni, Turkiya orqali ISHID hududiga yetib olishni rejalashgan".

Sud jarayonlari davrida TVga intervyu bergan bu shaxslar qo‘riqlanadigan obyektlarga hujum qilib, soqchilarning qurol-yarog‘larini tortib olishni va so‘ng u yerda qo‘poruvchilik harakatlari sodir etmoqchi bo‘lganliklarini aytishgan.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 155-moddasi (Terrorizm), 159-modda (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-2-modda (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) va 244-3-moddalari (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) ifodalangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor, deb topilgan.

Андижон қирғини: Каримов тарафдорлари Москвадаги пикетга қаршилик қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:12 0:00

Sud hukmi bilan sudlanuvchilar 10 yildan 15,1 yilga qadar muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanuvchilarning jazo muddatlarini umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

Toshkent va Buxorodagi portlashlar

O‘zbekiston davlat telekanalining poytaxtda rejalangan terakt bilan bog‘liq tergov va sud jarayoniga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuvi 19 kishining umriga zomin bo‘lgan Toshkent va Buxorodagi portlashlarga 20 yil to‘lgan pallada namoyish etildi.

O‘zbek rasmiylari 2004-yilning 29-mart kuni yuz bergan hujumda kamida 26 kishi yaralanganini aytishgan.

O‘zbekistonning o‘sha paytdagi Bosh prokurori Rashid Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon qishlog‘da ehtimoliy terrorchilar panoh topgan uydagi portlashda 10 kishi halok bo‘lgan.

Shu kunning o‘zida Toshkentning Chorsu bozorida ikki nafar hudkush hujumchi uch nafar ichki ishlar xodimi va bir yosh bolani o‘ldirgani xabar qilingan.

O‘zbekiston rasmiylari hujumlarda faoliyati taqiqlangan "Hizbut Tahrir" guruhi va "O‘zbekiston islomiy harakati" terrorchi tashkilotini ayblashgan.

"Hizbut Tahrir"ning Londondagi voizi Imron Vohid tashkilotning portlashlarga aloqadorligini rad etib chiqqan.

Hujumlarga aloqadorlikda bir kishi hibsga olingani va boshqa gumondorlar qidirilayotgani ma’lum qilingan.

Oradan uch oy o‘tib, 2004-yilning 30-iyul kuni Toshkentdagi AQSH va Isroil elchixonalari, shuningdek, Bosh prokuratura binosi oldida portlashlar yuz berdi.

Suiqasd hujumchilar tomonidan sodir etilgani aytilgan hujum oqibatida, rasmiylarga ko‘ra, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlarning barchasi soat 16:00—17:00 oralig‘ida yuz bergan.

"Жаслиқ"да 11 йил ётган тутқун ҳикояси: Бизни "Ўзбегим" садоси остида қийнашарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:33 0:00

Isroil elchixonasi oldidagi portlash oqibatida elchixona qo‘riqlash xizmati xodimi Azat Salyaxov va Milliy xavfsizlik xizmati zobiti Vyacheslav Makarov halok bo‘lgani xabar qilingan.

AQSH elchixonasidagi terakt oqibatida esa, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ikki nafar ichki ishlar xodimi — katta serjant Ibrohim Normetov va safdor Ixtiyor Hakimov qurbon bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan, elchixona xodimlariga zarar yetmagan.

Rasmiy matbuot prezident Islom Karimov Qrimdagi ta’tilini to‘xtatib, darhol O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Islom Karimov rejimi diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdan siyosiy va diniy o‘zgacha fikrlovchilarni ta’qib qilishda foydalanganini aytishadi.

XS
SM
MD
LG