Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:49

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 20 mln so‘mdan beriladi


Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bo‘lgan otaxonlar bilan (arxiv surati)
Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bo‘lgan otaxonlar bilan (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan” Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirishga oid farmonni imzoladi.

Prezident saytida 7-may kuni yoyinlangan farmon matnidan kelib chiqilsa, O‘zbekistonda yashayotgan urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘m (MBning shu kundagi kursi bilan taqriban 1575 AQSH dollari) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Hujjatda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga mazkur pul mukofoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishi qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda qancha urush faxriysi yashashi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq o‘tgan yilning may oyida Mudofaa vazirligi mamlakatda frontorti mehnatkashlari bilan qo‘shib hisoblaganda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilinishi bildirgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, G‘alaba bayrami munosabati bilan urush faxriylariga Qozog‘istonda 1,5 million tanga (3400 AQSH dollaridan ko‘proq), Tojikistonda 40 ming somoniy (3660 AQSH dollaridan ko‘proq), Qirg‘izistonda 100 ming so‘m (1130 AQSH dollaridan ko‘proq), Turkmanistonda esa 200 manat (rasmiy kurs bo‘yicha 57 AQSH dollari yoki “qora bozor” kursi bo‘yicha 10 AQSH dollari) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

XS
SM
MD
LG