Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 10:01

Ingenuity vertolyoti Marsda ilk parvozini amalga oshirdi (VIDEO)


Perseverance roveri yordamida Marsga yetkazilgan Ingenuity vertolyoti boshqa sayyorada boshqariladigan parvozni amalga oshirgan birinchi dvigatelli uchish apparati sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Dronning uchirilish jarayoni Amerika aerokosmik agentligi (NASA)ning Youtube’dagi rasmiy kanalida translyatsiya qilindi.

Parvoz videotasviri keyinroq e’lon qilinadi. Hozircha NASA vertolyot quyi qismida joylashgan kamerasi yordamida olgan fotosuratni e’lon qildi. Suratda Mars yuzasi uzra ko‘tarilayotgan Ingenuity soyasi ko‘rinib turibdi.

Ingenuity вертолёти Марсда илк парвозини амалга оширди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:44 0:00

Dronning parvozi 30 soniyaga yaqin davom etdi. U uch metrdan ziyodroq balandlikka ko‘tarildi.

Ingenuity yana to‘rt marta sinov tariqasida uchiriladi. Vertolyot, zichligi Yer atmosferasinikidan 100 karra past bo‘lgan Mars atmosferasida uchish texnologiyasini o‘zlashtirmoqda. Dron sinovi 30 Mars kuniga yaqin vaqt davom etadi.

Vazni qariyb ikki kiloga teng apparat bunga qadar Perseverance marsyurari ichida edi. Xuddi shu rover vositachiligida Ingenuity bilan Yerdagi boshqaruv markazi o‘rtasida aloqa ta’minlandi.

Perseverance roveri joriy yilning 19 - fevral kuni Marsdagi Ezero krateriga qo‘ngan edi. Mazkur krater bir zamonlar suvga to‘la bo‘lgani taxmin qilinadi.

Marsyurar sayyorada qadimda hayot mavjud bo‘lgani belgilarini topishga urinib ko‘radi hamda tuproqdan namunalar oladi.

Perseverance o‘tgan yilning iyulida Marsga jo‘natilgan. Qurilma "Mars-2020" missiyasi doirasida 700 yer sutkasiga yaqin vaqt davomida “Qizil sayyora”da ish olib boradi.

XS
SM
MD
LG