Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:05

Isroil hukumati Rafahga hujum qarorini ochiqladi


SAXAL ogohlantiruvi ortidan Rafah turg‘unlari Xon Yunusga ko‘chishmoqda, G‘azo sektori, 2024-yil 6 mayi
SAXAL ogohlantiruvi ortidan Rafah turg‘unlari Xon Yunusga ko‘chishmoqda, G‘azo sektori, 2024-yil 6 mayi

Isroil hukumati bir ovozdan G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida o‘z harbiy amaliyotini davom ettirish haqida qaror qabul qilgan. Isroil tomoni shu tariqa AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb tan olingan HAMAS guruhiga garovdagi shaxslarni ozod qilish maqsadida bosim o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan.

Isroil rasmiylari bayonotida HAMASning sulh to‘g‘risidagi so‘nggi taklifi Isroilning asosiy talablarida uzoq ekani aytilgan.

Shunga qaramay, Isroil tomoni o‘zi uchun maqbul shartnoma muhokamasini davom ettirish maqsadida vositachilar bilan muzokara o‘tkazish uchun o‘z vakillarini Qohiraga yo‘llaydi”, deyilgan bayonotda.

Isroil armiyasi (SAXAL) Rafahning sharqiy qismida joylashgan jihodchilar obyektlariga zarbalar berilayotgani haqida ma’lumot tarqatgan, biroq bunga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlagan emas.

Ommaviy axborot vositalari o‘z manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda Isroil piyoda qo‘shinlari sharqiy Rafahga kirib borgani haqida yozmoqda. Bu ma’lumot mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Isroil armiyasi ham bu xabarlar yuzasidan izoh bermagan.

Isroil Misr chegarasiga yaqin yerda joylashgan Rafah shahrini HAMAS guruhining so‘nggi tayanch nuqtasi, deb hisoblaydi. 6-may tongida isroillik harbiylar Rafahga mahalliy aholi evakuatsiyaga chaqirilgan varaqalarni tashlagan. Oqshomga borib esa HAMAS rahbariyati otashkesimga rozi ekani haqida bayonot bergan.

Reuters xabariga ko‘ra, guruh o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqib ketish, mintaqa qamalini to‘xtatish, garovdagi shaxslarning bir qismini Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahkumlarga almashtirishga rozi bo‘lgan.

SAXAL vakili Daniel Xagari Isroil tomoni HAMAS javobini ko‘rib chiqayotganini bildirgan. Bu orada OAV manbalari falastinliklar tomonidan ma’qullangan shartlar Isroilni qoniqtirmayotganini qayd etishgan.

XS
SM
MD
LG