Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 18:10

Isroil Suriya harbiy floti yo‘q qilinganini bildirdi


Suriyaning Latakiyadagi porti, 2024-yil 10-dekabri
Suriyaning Latakiyadagi porti, 2024-yil 10-dekabri

Isroil Harbiy-dengiz kuchlari 10-dekabrga o‘tar kechasi Suriya harbiy flotini yo‘q qilgan. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Hayfadagi Harbiy-dengiz kuchlari bazasiga safari chog‘ida ma’lum qildi, deb yozgan The Times of Israel nashri.

Kas Isroil kuchlari Suriya va G‘o‘lon tepaliklari o‘rtasidagi bufer hududidagi hozirligini kuchaytirayotganini bildirib, Isroil xavfsizligi uchun har qanday tahdidni bartaraf qilish uchun Suriya janubida isroillik harbiylarning doimiy joylashuvisiz tozalangan mudofaa hududini barpo etishga chaqirgan.

The Times of Israel manbalari kemalar Mina al-Bayda ko‘rfazi va Latakiya portiga yo‘naltirilgan raketa hujumlari natijasida yo‘q qilinganini qayd etgan.

Arab OAVda yoyinlangan kadrlarda Latakiya portida cho‘kib ketgan harbiy kemalarni ko‘rish mumkin. Reuters agentligi Britaniyaning dengiz xavfsizligiga ixtisoslashgan Ambrey shirkatidan olingan ma’lumotga tayangan holda Suriyaga tegishli kamida beshta harbiy kema yo‘q qilingani haqida xabar qilgan. Ayni paytda port infratuzilmasining o‘ziga sezilarli shikast yetkazilgan emas, deyilgan agentlik xabarida.

Avvalroq Isroil armiyasi Hama, Xoms va Latakiya viloyatlari doxil Suriyadagi 250 dan ziyod obyektga hujum uyushtirgani ma’lum bo‘lgandi. Tartusdagi Rossiya kemalari O‘rtayer dengiziga chiqib ketgan.

Isroil armiyasi Jabal ush-Shayxning Suriya tomonidagi pozitsiyalarini ham mustahkamlamoqda. BMT Isroilni Suriyadagi harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan. Isroil yahudiy davlatida yashovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun chegaralarni mustahkamlayotganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG