Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 09:40

Istanbulda qo‘lbola aroqdan olti nafar o‘zbekistonlik vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Turkiyaning Istanbul shahrida qalbaki spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida o‘zbekistonlik olti fuqaro vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumot tarqatdi.

Diplomatik vakolatxona qaydicha, qo‘lbola aroq ichish natijasida hayotdan ko‘z yumgan o‘zbekistonliklarning besh nafari erkak, biri esa ayol kishidir. 35–40 yoshdagi qurbonlar “zahri qotil”ni Istanbulning Aqsaray tumanidan sotib olgani aytilgan.

14-yanvar oqshomi holatiga Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangani ochiqlangan. Ulardan 26 nafari chet el fuqarolaridir. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari vafot etgan.

Qo‘lbola aroqdan zaharlanish hodisasi ortidan mahalliy politsiya keng qamrovli tergov ishlarini boshlab yuborgan.

Bosh konsulxona xabarnomasida “mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan”i, “ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan”i qo‘shimcha qilingan. O‘zbek diplomatlari Istanbuldagi o‘zbekistonliklarni spirtli ichimliklar iste’molidan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirishgan.

XS
SM
MD
LG