Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:43

Istanbuldagi yong‘in qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q


Yong‘in sodir bo‘lgan tungi klubga kirish qismi, Istanbul, 2024-yil 2-apreli
Yong‘in sodir bo‘lgan tungi klubga kirish qismi, Istanbul, 2024-yil 2-apreli

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tungi klubdagi yong‘in tufayli halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumot tarqatdi.

Turk matbuotiga ko‘ra, Istanbulning Beshiktosh tumanidagi 16 qavatli turarjoy binosining pastki qavatida joylashgan Masquerade tungi klubida 2-aprel kuni chiqqan yong‘in natijasida kamida 29 kishi nobud bo‘lgan.

Tungi klubning Ramazon oyi munosabati bilan vaqtincha faoliyat yuritmayotgani va u yerda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aytilgan. Ayrim nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga payvandlash ishlari olib borilayotgan paytda ballon portlashi sabab bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi klub ta’miroti bilan shug‘ullanayotgan ishchilar bo‘lgan.

Hodisa ortidan prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, 8 kishi qo‘lga olingan. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi yong‘in hodisasi tufayli qo‘lga olinganlar orasida ham o‘zbekistonliklar yo‘qligini qayd etgan.

XS
SM
MD
LG