Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:55

Jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi


Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan (arxiv surati)
Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirishga doir farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming AQSH dollari, urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, 1941–1945 yillarda mehnat fronti qatnashchilariga esa 3 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar respublika byudjeti hisobidan qoplanishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas’ul idoralar urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotini tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirishi belgilangan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda yashayotgan urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘m (MBning o‘sha kundagi kursi bilan taqriban 1575 dollar) miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.

2024-yil may oyida mamlakatda 112 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilishi bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG