Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga mamlakatdan chiqish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qildi.
Taqiq qarori Janubiy Koreya Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan, vazirlikka yuqori lavozimli shaxslar o‘rtasida korrupsiyani tergov qilish bo‘yicha boshqarma rahbari murojaat qilgan. Boshqarma bosh prokurori tergovchilarga Janubiy Koreyada favqulodda holat joriy qilingani tufayli isyonga oid ish tergovi munosabati bilan prezidentning mamlakatdan chiqishini taqiqlashga erishishni topshirganini bildirgan.
Bundan tashqari, Yun Sok Yol davlatga xiyonat va hokimiyatni suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda. Politsiya uning so‘roqqa chaqirilishini istisno qilmayapti.
Yun Sok Yol 3-dekabr kuni “KXDRning tarafdorlariga qarshi kurash uchun” harbiy holat joriy etilgani haqida e’lon qilgan edi. Olti soat davomida amalda bo‘lgan farmon bilan siyosiy partiyalar faoliyati, norozilik chiqishlari, ish tashlashlarga taqiq qo‘yib, unda senzurani hamda o‘lim jazosi chiqarish huquqiga ega bo‘lgan harbiy-dala tribunallarini joriy qilish ko‘zda tutilgandi.
Bu holat Seul ko‘chalarida ham, parlamentda ham keng ko‘lamli norozilik chiqishlariga sabab bo‘lgan. Deputatlar harbiylar tomonidan parlament binosi shturm qilinayotgan paytda prezident qarori bekor qilinishi uchun ovoz berishgan. Shundan so‘ng u qonunga muvofiq ravishda farmonni bekor qilishga majbur bo‘lgan. Buning ortidan mudofaa vaziri Kim Yon Xyon doxil asosiy mulozimlar iste’foga chiqishgan.