Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 17:00

Janubiy Koreya prezidentiga rasman ayblov bildirildi


Yun Sok Yol Seuldagi sud zalida, 2025-yil 23-yanvari
Yun Sok Yol Seuldagi sud zalida, 2025-yil 23-yanvari

Janubiy Koreya prokuraturasi Yun Sok Yolga isyon uyushtirganlik bo‘yicha ayblov e’lon qildi, deya xabar qildi Yonhap agentligi.

Yun mamlakat konstitutsiyasiga va qonunlariga zid ravishda harbiy holat e’lon qilish yo‘li bilan odamlarni isyonga turtish maqsadida sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va boshqalar bilan til biriktirganlik ayblovi qo‘yilmoqda.

Lavozimidan vaqtincha chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol 15-yanvar kuni so‘roqqa kelgan paytda hibsga olingan. Uni hibsga olish uchun ikki marta order berilgan. Ilk marta order berilgan paytda aksilkorrupsiya agentligi tergovchilari va politsiyachilardan iborat 150 chog‘li kishi prezidentning tarafdorlari va qo‘riqchilik xizmati qarshiligi tufayli Yun Sok Yolni hibsga ololmagandi.

Yun Sok Yol 2024-yilning 3-dekabrida “KXDRning tarafdorlariga qarshi kurash uchun” harbiy holat joriy etilganini e’lon qilgan. Olti soat davomida amalda bo‘lgan farmon siyosiy partiyalar faoliyati, norozilik chiqishlari, ish tashlashlarga taqiq qo‘yib, unda senzurani hamda o‘lim jazosi chiqarish huquqiga ega bo‘lgan harbiy-dala tribunallarini joriy qilish ko‘zda tutilgandi.

Bu holat Seul ko‘chalarida ham, parlamentda ham keng ko‘lamli norozilik chiqishlariga sabab bo‘lgan. Deputatlar harbiylar tomonidan parlament binosi shturm qilinayotgan paytda prezident qarori bekor qilinishi uchun ovoz berishgan. Shundan so‘ng u qonunga muvofiq ravishda farmonni bekor qilishga majbur bo‘lgan. 7-dekabr kuni prezidenti televideniye orqali qilgan chiqishida o‘z xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan. Biroq 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti ovoz berish natijasida Yunga nisbatan impichment e’lon qilish qarorini dastaklagan.

XS
SM
MD
LG