Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 22:44

Janubiy Koreyada ilk bor mamlakat prezidenti hibsga olindi


Hibsga olingan prezident Yun Sok Yol Aksilkorrupsion tergov boshqarmasiga yetkazildi
Hibsga olingan prezident Yun Sok Yol Aksilkorrupsion tergov boshqarmasiga yetkazildi

Janubiy Koreyada mamlakat tarixida birinchi marta prezident hibsga olindi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qildi. Yun Sok Yol lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirilgan bo‘lsa-da, mamlakatning amaldagi prezidenti bo‘lib hisoblanadi.

Prezidentni ikkinchi urinishda hibsga olishga muvaffaq bo‘lishgan. 15-yanvar tongida 200 chog‘li politsiyachi va aksilkorrupsiya boshqarmasining 40 nafar tergovchisi Yun Sok Yolni so‘roqqa olib ketish uchun uning qarorgohiga kelishgan. Biroq 12 kun avvalgi ilk urinishda kuzatilgani kabi prezident xavfsizlik xizmati qarshiligiga duch kelishgan.

Taqriban ikki yarim soatlardan keyin politsiya xodimlari va tergovchilar uch to‘siqdan o‘tib, narvonlardan foydalangan holda binoga kira olishgan.

Yun qisqa videomurojaat bilan chiqib, avvalgidek o‘zining hibsga olinishini noqonuniy deb hisoblashini, biroq qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini bildirgan. U mamlakatda huquq ustuvorligi oyoqosti qilinayotgani, na o‘ziga qarshi ish ochgan tergov idoralari, na uni hibsga olish uchun order bergan sud bunga haqli bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.

Seul sudi prezidentni hibsga olish va uning qarorgohida tintuv o‘tkazish uchun 2024-yilning 31-dekabrida order bergan edi. Bu ish Yun o‘zini so‘roqqa chaqirgan Aksilkorrupsiya tekshiruvlari boshqarmasidan kelgan uchta chaqiruv qog‘ozini e’tiborsiz qoldirgani ortidan amalga oshirilgan.

14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti ovoz berish natijasida mamlakat prezidentiga impichment e’lon qilish qarorini dastaklagan. Impichment qarorini yoqlab 300 deputatdan 204 nafari ovoz bergan, 85 nafari esa bunga qarshi chiqishgan.

Ovoz berish yashirin yo‘l bilan amalga oshirilgan. Bu impichment uchun ovoz berishga ikkinchi urinish bo‘lib, birinchi urinishda Yun Sok Yolni lavozimdan chetlatish uchun ovoz yetarli bo‘lmagan.

Impichment to‘g‘risidagi masala parlamentda 3-dekabr kuni Yun Sok Yol “KXDRning mamlakat ichkarisidagi tarafdorlariga qarshi kurash uchun” harbiy holat joriy etilishi haqida e’lon qilganidan keyin ko‘tarilgan. Olti soat davomida amalda bo‘lgan farmon bilan siyosiy partiyalar faoliyati, norozilik chiqishlari, ish tashlashlarga taqiq qo‘yib, unda senzurani hamda o‘lim jazosi chiqarish huquqiga ega bo‘lgan harbiy-dala tribunallarini joriy qilish ko‘zda tutilgandi. Bu holat Seul ko‘chalarida ham, parlamentda ham keng ko‘lamli norozilik chiqishlariga sabab bo‘lgan.

Deputatlar harbiylar tomonidan parlament binosi shturm qilinayotgan paytda prezident qarori bekor qilinishi uchun ovoz berishgan. Shundan so‘ng u qonunga muvofiq ravishda farmonni bekor qilishga majbur bo‘lgan. 7-dekabr kuni prezidenti televideniye orqali qilgan chiqishida o‘z xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan.

Yun Sok Yol odatda Shimoliy Koreyaga nisbatan qattiq tutumga ega bo‘lgan o‘ng kuchlar vakili bo‘lib hisoblanadi. U 2022-yilda prezident etib saylangan. Muxolifatdagi Demokratik partiyaning Pxenyanga nisbatan pozitsiyasi ancha yumshoqroq.

XS
SM
MD
LG