Janubiy Sudanda yo‘lovchi uchog‘i qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchoq neftchilarni olib ketayotgan bo‘lgan va mamlakat shimolidagi neft konidan poytaxt Jubu tomonga parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushgan.
Kon Xitoy va Janubiy Sudan davlat shirkatlari tomonidan qazilmoqda. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar Xitoy fuqarosi va bir hindistonlik bor.
Uchoq bortida yo‘lovchi va uchuvchilar doxil 21 kishi bo‘lgan. Ulardan faqat bir kishi tirik qolgan, uning ham jarohati og‘ir ekani aytilmoqda. Aviahalokat sabablari hozircha ma’lum emas.