Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 21:02

Jurnalistlar Suriyada 543 nafar rossiyalik halok bo‘lganini aniqlashdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Suriyada 2015-yildan buyon kamida 543 nafar rossiyalik harbiy, maxsus xizmatlar xodimi va “Vagner” XHSH yollanmasi halok bo‘lgan. Ochiq manbalar bo‘yicha qilingan hisob-kitobni Bi-bi-si keltirgan. Bu ma’lumotni to‘liq deb bo‘lmaydi — ko‘p joylarda talafotlar yashirilgan.

Halok bo‘lganlar orasida “Alfa” guruhi doxil maxsus topshiriq bajaruvchi sara otryad, maxsus amaliyot kuchlari, Razvedka bosh boshqarmasi va Havo-desant qo‘shinlari bo‘linmalarining zobit va safdorlari bor. Bu mamlakatda kamida 20 nafar harbiy uchuvchi va shturman o‘lgan, maqtullarning 346 nafari “Vagner”da xizmat qilgan.

Rossiya Suriyada 116 nafar harbiysining o‘limini rasman tan olgan. Bunga oid so‘nggi bayonot Mudofaa vazirligi tomonidan 2019-yil bahorida berilgan. O‘shandan buyon o‘lganlar soni oshgan.

Rossiya manbalari so‘nggi bor maxsus topshiriqlar bajaruvchi otryad xodimlarining Suriyadagi janglarda o‘lgani haqida noyabr oyi oxirida xabar qilishgan, bu aksilhukumat kuchlarining Moskva tomonidan dastaklangan Bashar Asad rejimi nazorati ostida bo‘lgan mavqelarga shiddatli hujumi boshlanishiga to‘g‘ri keladi.

XS
SM
MD
LG