Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 19:10

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun qarz beriladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda kambag‘al oilalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun foizsiz ssuda ajratiladi. Mamlakat prezidenti joriy yil 14-fevral kuni imzolagan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda shu kabi imkoniyatlar ko‘zda tutilgan.

Mazkur hujjatga binoan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimi joriy etiladi.

Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratilishi belgilangan.

Mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant mablag‘lari ham beriladi.

Ozodlik avval xabar qilganidek, O‘zbekistonda 2025-yil uchun minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘m etib belgilangan. Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi kambag‘allik chegarasini aniqlovchi mezon sanaladi.

XS
SM
MD
LG