Линклар

Шошилинч хабар
21 май 2022, Тошкент вақти: 17:41

Kamoliddin Rabbimov "IIV xodimlariga bo‘ysunmaslik"da ayblanib jarimaga tortildi


Mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘n yildan ko‘proq Fransiyada yashab, o‘tgan yili O‘zbekistonga qaytgan edi.

17-aprel kuni "mayda bezorilik" va "IIV xodimlariga bo‘ysumaslik"da ayblanib hibsga olingan mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov 18-aprel oqshomida ozodlikka chiqarildi.

Bu haqdagi xabarni uning o‘zi Feysbuk sahifasida tasdiqladi.

Rabbimov 17-aprel, kechki soat 19 larda Toshkentning Chorsu bozorida IIV xodimlari olib borgan reydga "aralashib xato qilgani"ni aytgan. U o‘ziga nisbatan jarima belgilanganini tasdiqlagan va tarmoq faollaridan "ishni siyosiylashtirmaslik"ni so‘ragan.

Ishning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Kamoliddin Rabbimovning o‘zi "qolgan tafsilotlarni keyinchalik bildirishga harakat qilishi"ni aytgan. Rabbimovning 17-aprel kuni hibsga olinganini IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov oradan bir kun o‘tib, 18-aprel kuni tasdiqlagandi.

IIV xabarida "17-aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani «Chaqar» mahallasida o‘tkazilayotgan sanitariya-profilaktik tadbirlar jarayonida, fuqaro K.R. xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashib, ularning ishiga to‘sqinlik yaratib, qonuniy talablarini bajarmagani" aytiladi. Ammo bu "asossiz aralashuv" va "qonuniy talablar"ning nimadan iborat bo‘lgani ma’lum emas.

IIV matbuot kotibi Kamoliddin Rabbimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (mayda bezorilik), 194 (Ichki ishlar xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 195 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)- moddalari bilan materiallar rasmiylashtirilgani va Shayxontohur tuman sudiga yuborilganini ma’lum qilgan.

Mahalliy jurnalistlar Kamoliddin Rabbimovning o‘ziga tayanib unga nisbatan 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan va u Toshkentning "Panelniy" nomi bilan bilingan ma’muriy qamoqxonasiga olib borilganini aytishgan.

Rabbimovning hibsga olingani haqidagi xabarlarga Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonov ham munosabat bildirdi. U Kamoliddin Rabbimov atrofidagi vaziyatdan tashvishda ekani haqida yozdi.

Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistondagi kam sonli mustaqil siyosatshunoslardan biri. U 2005-yildagi Andijon voqealari ortidan O‘zbekistonni tark etgan va 10 yildan ko‘proq Fransiyada yashab, o‘tgan yili O‘zbekistonga qaytgan edi.

Kamoliddin Rabbimov 15-aprel kuni Ozodlik dasturida jurnalist Anora Sodiqovaga tahdid qilingani haqidagi xabarlarni sharhlarkan, O‘zbekistonda so‘z erkinligi masalasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganini aytgan. U 35 million aholi yashaydigan mamlakatda surishtiruvchi jurnalistlarning kamligini ta’kidlagandi.

Xalqaro matbuot tashkilotlari so‘nggi paytlarda prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan o‘rtaga chiqqan nisbiy so‘z va matbuot erkinligida ortga ketish kuzatilganini qayd etgan.

OzodNazar: Жаҳонгир Усмоновнинг “бизнес империяси” ҳақидаги мақола сайтдан ўчиртирилиши ортида ким турибди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:31:14 0:00

XS
SM
MD
LG