Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 30-maktabning 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osib vafot etdi.
Gazeta.uz nashri Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 27-fevral kuni ro‘y bergan holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
Marhumaning onasi qizi maktabda geometriya fani o‘qituvchisi bilan tortishuvdan so‘ng o‘z joniga qasd qilganini aytgan.
Maktab ma’muriyati o‘sha kuni o‘qituvchi va qiz o‘rtasida tortishuv bo‘lganini tasdiqlab, oxirgi kunlarda qizning ruhiyatida o‘zgarish kuzatilmaganini ma’lum qilgan.
Muassasa direktoriga ko‘ra, oxirgi vaqtlar maktabda o‘quvchilar o‘limi ko‘payib ketgani yuzasidan psixologik suhbatlar va profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Kun.uz nashri Karmanadagi 30-umumta’lim maktabida 2024-yil noyabr va dekabr oylarida ikki o‘quvchi o‘zini osish orqali joniga qasd qilgani haqida yozgandi.
Ozodlik avval xabar berganidek, 19-fevral kuni Samarqand shahrida talaba qiz ham o‘z joniga qasd qilgandi.