Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

Ko‘rfaz arab davlatlari TIV rahbarlari Toshkentga keladi


Joriy yilning 15-aprelida Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Kengashga a’zo davlatlar – Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va O‘mon davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etishi kutilyapti.

“Yig‘ilishda 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi”, deyilgan TIV xabarnomasida.

Vazirlar yig‘ilishida 2025-yili Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatida galdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashilishi, uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG