Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqinidan xavotirlar oshmoqda. Rossiyaliklar esa vaksina olishga oshiqmayapti


Rossiyada COVID-19 yuqtirish holatlari ko‘payib bormoqda, ammo vaksina olayotganlar soni yetarlicha o‘smayapti. Kreml aholi orasida xavotir tug‘dirmasdan epidemiyani cheklashga harakat qilar ekan, ayrim hukumat vakillari bunday yo‘l tutish to‘g‘riligiga shubha bildirmoqda.

Bloomberg nashri bilan suhbatlashgan ikki amaldorning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini allaqachon boshlangan.

Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan so‘zlagan rasmiylarning aytishicha, Kreml bir necha oydan beri vaziyat nazorat ostida ekanini iddao qilib kelayotgani uchun, vaksinalarga bo‘lgan talab ozaygan, chunki aholining aksariyati virusdan qo‘rqmay qo‘ygan.

Chorshanba kuni jurnalistlar oldida so‘zlagan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov:

“Albatta, biz vaksinalarga bo‘lgan talabning o‘sishini kutmoqdamiz”, dedi.

Ammo kotib mavjud ma’lumotlar uchinchi to‘lqin boshlanmaganini ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.

O‘sha kuni epidemiologiya instituti rahbari Vadim Pokrovskiy “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida:

“Darhaqiqat, o‘sish bor, lekin bu to‘lqin emas, aksincha asta-sekin o‘sish”, dedi.

Moskvada yetti kun davomida yangi virus yuqtirish holatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi yanvar oyidan beri kuzatilmagan darajada ko‘tarildi.

Mamlakatda kundalik virus yuqtirish holatlari soni 9 000 taga yaqinlashdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning dekabrida qariyb 30 000 ni tashkil qilgan edi.

Prezident Vladimir Putin o‘tgan yil yakunida yuqtirishlar yana ko‘paya boshlaganida iqtisodiyotni birinchi o‘ringa qo‘ydi va cheklov joriy qilishdan bosh tortdi. O‘shandan beri Kreml epidemiyani samarali jilovlayotganini iddao qilib keladi. Rossiya iqtisodiyoti qayta tiklanayotgan bo‘lsa-da, mamlakatda butun dunyodagi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda.

Hukumat mamlakat ichida cheklov joriy qilishdan bosh tortmoqda. Ammo yaqinda sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan ayrim yo‘nalishlarga, shu jumladan, Turkiyaga sayohat qilish taqiqlandi.

Juma kuni Putin Rossiyada 1 - maydan 9 - maygacha ta’til bo‘lishini e’lon qilgan. Bunga sog‘liqni saqlash rasmiylari ushbu chora virus tarqalishini kamaytirishga yordam berishini aytgani turtki bergan.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova prezidentga:

“Yangi tendensiya vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligini ko‘rsatadi”, dedi.

Chorshanba kuni Rossiyaning virusga qarshi kurash markazi vakili ayni damda uchinchi to‘lqin haqida gapirish “mutlaqo noto‘g‘ri” ekanini ta’kidladi.

Rossiyaliklarni COVID-19ga qarshi ishlab chiqarilgan uchta mahalliy vaksinadan birini olishga ishontirish rasmiylarga bo‘lgan ishonchsizlik tufayli qiyin kechmoqda.

Moskva 60 yoshdan oshgan odamlarni vaktsina olishga undash uchun yana 1000 rubl

qiymatidagi sovg‘a kartalarini taklif qila boshladi.

Mustaqil “Levada-Center” tadqiqot markazi tahlilchisi Denis Volkovning aytishicha, rossiyaliklarning taxminan uchdan ikki qismi vaksina olishni istamasligini aytmoqda.

Bu orada poytaxtdagi savdo markazlarida vaksinatsiya markazlari tashkil etilgan.

“Faqat dastlabki bir necha kun ichida odamlar navbat kutdi”, dedi markaz ma’muri Svetlana Reshetina.

“Men o‘zim emlanganim yo‘q. Men bunga hali ishonmayman”, deya qo‘shimcha qildi u.

Putin Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini dunyodagi yetakchi vaksina o‘laroq ko‘rsatib keladi. Ammo bugunga qadar mamlakatda aholining atigi 8 foizi ushbu vaksina bilan emlandi.

XS
SM
MD
LG