Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:48

Kreml miyaga mikrochip joylashtirish dasturiga katta pul ajratdi


Rossiya hukumati bosh miyaga mikrochiplarni joylashtirish dasturini rivojlantirishga 54 mlrd rubl ajratadi. “Miya, salomatlik, intellekt, innovatsiyalar” federal dasturi loyihasi Ta’lim va fan vazirligida ishlab chiqilmoqda. Uni prezident Putin ma’qullagan, loyihada uning qizi ham ishtirok etishi mumkin.

Yangi federal dasturni ishlab chiqish uchun ishchi guruh Rossiya fanlar akademiyasi hamda MDU tomonidan mazkur dastur konsepsiyasi yaratilganidan so‘ng tuzildi, deb xabar qildi “Kommersant’” gazetasi. Loyiha, jumladan, miya elektr signallari orqali tashqi qurilmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish imkonini beruvchi neyrointerfeyslar texnologiyalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Xususan, uchoqlar, avtomobillar va atom elektr stansiyalarini boshqarish uchun “odam—texnika” interfeysini yaratish rejalanmoqda, deya dastur hujjatlaridan iqtibos keltirdi “Kommersant’”.

Bundan tashqari, “maqsadlarni mustaqil shakllantirish, vaziyatni baholash, uning qay tariqa rivojlanishini oldindan ko‘ra bilish va qarorlar qabul qilish”ni ta’minlovchi interfeyslar yaratilishi kutilmoqda. Loyihada sun’iy idrokdan foydalanish rejalangan.

Ta’lim va fan vazirligi “Kommersant’”ga loyiha ishlab chiqishning ilk bosqichida ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq OAV Moskva davlat universitetida sun’iy idrok texnologiyalari bilan bog‘liq loyihalarga Putinning qizi Katerina Tixonova rahbarlik qilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi. 2018 - yil dekabr oyida Tixonova davlatga oid TVda ko‘rsatilgan “Innopraktika” instituti huzuridagi neyromarkaz faoliyatiga bag‘ishlangan lavhada ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish bergan.

Lavhada miya elektr signallarini nazorat qilish orqali inson ost ongini dasturlash imkonini berishi iddao qilingan texnologiya o‘ylab topilgani haqida hikoya qilingan. 2020 - yil fevralda “Vedomosti” gazetasi Tixonova MDUning Sun’iy intellekt va intellektual tizimlar muammolariga doir istiqbolli tadqiqotlar institutiga rahbar etib tayinlanishi to‘g‘risida yozgan. Ammo o‘shandan beri ushbu ilmiy muassasaning tashkil qilingani haqida rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Neyrointerfeyslar texnologiyalarini ishlab chiqish jahon ilm-fanidagi istiqboli porloq yo‘nalishlardan biri sanaladi. 2021 - yil aprelda Ilon Maskning Neuralink startapi ushbu sohadagi o‘z texnologiyasini taqdimot qilgan. O‘shanda bosh chanog‘iga chip o‘rnatilgan maymunning fikr kuchi yordamida Pong o‘yinini o‘ynayotgani namoyish etilgandi.

XS
SM
MD
LG