Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:48

“Krokus”ga hujum qurbonlari soni 143 nafarga yetdi


Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 27-mart oqshomida Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zaliga o‘tgan juma kuni amalga oshirilgan hujum qurbonlari ro‘yxatini yangiladi. Yangilangan ro‘yxatda 143 kishining ism-familiyasi zikr etilgan. Avvalroq hujum natijasida 140 kishi o‘lgani ma’lum qilingan edi.

Qurbonlar ro‘yxatiga ismi qo‘shilgan uch kishi hujumda jarohat olgan kishilardanmi yoki yangi jasadlar bevosita terakt joyidan topilganmi - hozircha bu haqda ma’lumot berilgani yo‘q.

FVV saytidagi ro‘yxat dastlabki ma’lumotlar asosida shakllantirilgani, unga “sud-tibbiy tekshiruvlar ma’lumotlariga ko‘ra” tuzatishlar kiritilishi mumkinligi aytilgan.

“Krokus”ga hujum 22-mart oqshomida amalga oshirilgan edi. O‘sha paytda binoda 6 mingdan ziyod odam bo‘lgan. Qurollangan bir guruh odam binoda yig‘ilganlarni avtomatik quroldan o‘qqa tutgan va binoga o‘t qo‘ygan. Odamlar avtomat o‘qlari va yong‘in tufayli tutundan bo‘g‘ilib, jon taslim qilganlar.

Rossiya FVV xodimlari 26-mart kuni kuyib kulga aylangan “Krokus Siti Xoll” vayronalari ostidagi ishlar yakuniga yetkazilgani haqida bildirgan edilar. Ularga ko‘ra, ayni paytda u yerda yangi jasadlarni qidirish ishlari olib borilayotgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG