Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:27

Litvinenkoning bevasi 15 yildan beri adolat izlamoqda


Marina Litvinenko.
Marina Litvinenko.

2006 - yil 23 - noyabrda Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmatining sobiq zobiti va Kremlning ashaddiy tanqidchisi Aleksandr Litvinenkoning to‘satdan qochdi va uch hafta o‘tib, Londondagi kasalxonada radiatsiyadan zaharlangani oqibatida vafot etdi. Litvinenkoning o‘limi uning rafiqasi Marina Litvinenkoning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. U 15 yildan buyon eri bilan bo‘lgan ishda adolat talab qilib, aybdorlar jazolanishi uchun kurashib kelmoqda.

"Men xuddi ikki o‘t orasida qolgandekman. Ulardan biri tergov qilishni istamagan Rossiya bo‘lsa, ikkinchisi bundan manfaatdor bo‘lmagan Britaniya edi", degan u “Current Time” ga bergan intervyusida.

Londonga katta miqdordagi rus sarmoyasi kelib turgani bois, Britaniya hokimiyatidagilarning aksariyati Rossiya bilan mojaroga borishni istamadi. Shunga qaramay, Marina hech qachon taslim bo‘lish haqida o‘ylamagan.

“Meni boshqalardan asosiy farqim hech qachon umidsizlikka tushmaganimda deb o‘ylayman”, degan edi u sentabr oyida Ozodlik bilan suhbatda.

"Hozir kimlardir bu befoydaligini aytsa ham, men qilayotgan ishlar va Rossiyada kurashayotgan odamlarning harakatlari o‘z samarasini berishiga ishonaman.”

Uning uzoq yillik kurashining natijasi o‘laroq, 21 - sentabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Litvinenkoning o‘ldirilishida Rossiya javobgar degan xulosaga keldi. Sud Litvinenkoning sobiq KGB agenti, hozirda Rossiya parlamenti quyi palatasi deputati bo‘lgan Andrey Lugovoy va rossiyalik tadbirkor Dmitriy Kovtun tomonidan o‘ldirilgan degan qarorga kelgan.

Aleksandr Litvinenko (o‘ngda)
Aleksandr Litvinenko (o‘ngda)

Tergov natijalariga ko‘ra, ular Litvinenkoga juda kamyob bo‘lgan yuqori radioaktiv modda poloniy-210 qo‘shilgan choy ichirgan. Londonda bir qancha jinoyat izlari ham topilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Lugovoy va Kovtun Litvinenkoni zaharlashda Rossiyaning agentlari sifatida harakat qilgan. Chunki sud gumondorlar Rossiya hukumati yordamisiz poloniyni topa olishi ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi.

“Rossiya hukumati aybini tan olsa, bu katta g‘alaba bo‘ladi”, degandi o‘shanda Marina Litvinenko.

Dalillarga qaramay, Lugovoy, Kovtun va Rossiya hukumati bu ishga aloqadorligini inkor etib keladi.

O‘lganida 43 yoshda bo‘lgan Aleksandr Litvinenko 1998 - yilda Federal xavfsizlik xizmati rahbarlari unga rossiyalik oligarx Boris Berezovskiyni o‘ldirishni buyurganligini ochiqchasiga aytgan edi. U 2000 - yilda Britaniyaga qochib ketgan va siyosiy boshpana olgan. Shuningdek, u FSB ni 1999 - yilda Rossiyaning ko‘p qavatli uylarida bir qator halokatli portlashlar uyushtirganlikda ayblagan.

Litvinenko zaharlanishidan bir oy oldin Putinni surishtiruvchi jurnalist Anna Politkovskayani o‘ldirishga buyruq berganlikda ham ayblagan.

“Aleksandr o‘z davridan oldinda edi. U bizni Rossiyada kuchayib borayotgan tuzum haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan. Sovet xavfsizlik xizmati rejimi hech qachon yo‘qolmagan, doim saqlanib qolgan. Ammo, u hozir yanada dahshatliroq tizimga aylangan”, dedi uning bevasi “Current Time” nashriga.

Strasburg sudi o‘z qarorida Rossiyani ishni to‘g‘ri tekshirmagani va o‘z xulosalarini sud bilan baham ko‘rmagani uchun tanqid qilgan.

“O‘ylaymanki, ko‘pchilik bir narsani tushunishi juda muhim, agar ishlaringiz kutganingizdek tez amalga oshmasa, tushkunlikka berilmang, ortga chekinmang, ayniqsa bu adolatni yuzaga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa. Siz adolatga erishishingiz shart”, degan Marina Litvinenko

Britaniyaning tergov xulosalariga asoslangan holda Strasburg sudi Lugovoy va Kovtun qotillikni Putinning roziligi asosida o‘sha paytdagi FSB direktori Nikolay Patrushev buyrug‘i bilan qilgan deb topdi.

“Rossiyaning odamlarga va boshqa mamlakatlarga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari hech qachon unutilmaydi”, degan Litvinenko va sud qarori uning izlanishlarini yakunlamasligini, adolat uchun kurashda davom etishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG