Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:48

Lola Karimova-Tillayeva Beverli Hillzdagi qasrini 36 million dollarga sotdi - WSJ


Lola Karimova-Tillayeva hamda uning eri Timur Tillayev Beverli Hillzdagi ko‘chmas mulkning sotilishi yuzasidan izoh so‘rab qilingan murojaatlarga javob berishmagan.
Lola Karimova-Tillayeva hamda uning eri Timur Tillayev Beverli Hillzdagi ko‘chmas mulkning sotilishi yuzasidan izoh so‘rab qilingan murojaatlarga javob berishmagan.

Taxminan 2011-yilda qurilgan Le Palais’ning sotilishi Beverli-Hillzning hasham bozoridagi yorqin nuqta bo‘ldi. Bu yerda savdolar va narxlar pasayishi kuzatilmoqda, deb yozmoqda Wall Street Journal nashri.

Beverli-Hillz (Kaliforniya) ko‘chmas mulk reyestriga ko‘ra, Le Palais nomi bilan tanilgan taxminan 4450 kvadrat metrlik ushbu saroy 36 million dollarga sotilgan.

Sotuvchi O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Timur Tillayevga aloqador shirkat bo‘lib chiqdi. Ko‘chmas mulk qaydlariga ko‘ra, ushbu shirkat 2013-yilda 32,75 million dollarga mazkur mulkni sotib olgan.

Xaridorning shaxsi noma’lum.

Uy 2011-yilda Los-Anjeles hududida ko‘p sonli hashamatli uylar qurgan, Gigi va Bella Hadidning otasi Muhammad Hadid tomonidan qurilgan. Uy Beverli-Hillz mehmonxonasi qarshisida joylashgan bo‘lib, qo‘lda o‘yilgan fransuz ohaktosh fasadi bor. Mulk hujjatlarida uning yettita yotoqxonasi borligi ko‘rsatilgan.

Nashrning yozishicha, Tillayevlar izoh so‘rab qilingan murojaatlarga javob berishmagan.

Islom Karimov Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 25 yil O‘zbekiston prezidenti bo‘lgan. Sobiq diplomat Karimova-Tillayeva esa xayriyachi va Harmonist Maison de Parfum parfyumeriya kompaniyasi asoschisi, deyiladi kompaniya saytida.

33 million dollarga sotilgani aytilayotgan qasr. Eagleview.com
33 million dollarga sotilgani aytilayotgan qasr. Eagleview.com

Miller Samuel ko‘chmas mulkni baholash shirkati ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab hashamatli uylar bozorida pasayish kuzatilmoqda. Beverli-Hillzdagi yakka tartibdagi uy-joy sotuvi 2023- yilning to‘rtinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,9 foizga kamaygan. Yakka tartibdagi uylarning o‘rtacha sotuv narxi chorak davomida 7 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga kamaydi.

Karimova-Tillayev juftligining bu qimmatbaho qasri, aytilishicha¸ Lola Karimovaning Los Anjelesdagi The Harmonist deb nomlangan atir do‘konidan bir necha minutlik masofada joylashgan.

Do‘kon rasmiy saytida qo‘yilgan reklamasida Karimova unda dunyodagi eng noyob va eng qimmatbaho tabiiy unsurlardan qilingani aytiladigan atirlar sotilishini iddao qiladi.

Variety.com nashri er-xotin 4460 metr kvadratlik bu villani 33 million dollarga sotib olgani haqida yozgan. "Muhammad Hadid qurgan bu ulkan villada yopiq basseyn¸ 200 mehmonga mo‘ljallangan bal xonasi¸ 40 odamga mo‘ljallangan kinoteatr¸ o‘ndan oshiq mashina sig‘adigan yer osti garaji va massaj xonasi bor”.

Озодлик Суриштируви: Гулноранинг пулини олишга борган чопар Ҳонг Конгда қамоққа олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:53 0:00

Ayni paytda AQSH nashri¸ Karimovaning Los Anjelesdagi uyi u egalik qiluvchi ko‘chmas mulk ro‘yxatidagi eng qimmati emasligini eslatib o‘tadi.

“Beverly Hills, Parij va Shveysariyaning Jeneva ko‘li atrofidagi eng hashamatli ko‘chada joylashgan villada yashovchi bu oila¸ mahalliy nashrlarning yozishicha¸ Shveysariyadagi uyini taqriban 47 million AQSH dollariga teng shveysar frankiga sotib olgan”¸ deyiladi variety.com maqolasida.

Dunyoning eng qimmat shaharlarining eng qimmat mavzelarida o‘nlab million dollarlik villalar sotib olishi ortidan G‘arb matbuoti nazariga tushgan Lola Karimova-Tillayeva otasi prezidentligi davrida O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi bo‘lgan.

Uning eri Timur Tillayev esa¸ O‘zbekistondagi eng yirik Abu Saxiy ulgurji bozoriga egalik qilgan.

Bu juftlikning ulkan boyligi¸ xususan¸ G‘arb zodagonlari orasidagi hashamatli hayot tarzi qator jurnalistik surishtiruvlarga asos bo‘lgan.

Xususan¸ The Black Sea va Fransiyaning Mediapart nashri 2017-yil e’lon qilgan surishtiruvda¸ Abu Saxiy kompaniyasining Birlashgan arab amirliklari va Shveysariyadagi offshor bank hisoblari vositasidagi murakkab moliyaviy sxemalar orqali 127 million AQSH dollari miqdorida naqd pulni o‘tkazgani aytilgan edi.

Ozodlik variety.com va AQSHning boshqa qator nashrlarida chop etilgan maqoladagi ma’lumotga izoh so‘rab¸ Karimova-Tillayevlarning AQSHdagi advokatiga murojaat qilgan.

Yozma murojaatda Ozodlik xususan¸ 2014-yil yozida birvarakayiga sotib olingan uch qimmatbaho villaga to‘langan pulning qayerdan olingani¸ bu pullarning The Black Sea va Mediapart surishtiruvida aytilgan 127 millionlik naqd pulga aloqadorligi bor-yo‘qligi¸ qolaversa¸ bu villalarning nima uchun aynan hozir birvarakayiga sotuvga qo‘yilganini so‘ragan edi.

Juftlikning taniqli advokati Mark Reymond o‘z mijozlari bu savollarga javob bermasligini aytib¸ “no comment” deb javob bergan.

2020-yil avgustida Amerika matbuoti Lola Karimova-Tillayeva Hollivud tepaliklaridagi uchta villasini sotuvga qo‘ygani haqida yozgan edi.
2020-yil avgustida Amerika matbuoti Lola Karimova-Tillayeva Hollivud tepaliklaridagi uchta villasini sotuvga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Ozodlikning Lola Karimova o‘z otasi prezidentligi davrida 100 million dollardan ko‘proq pulni nima uchun Los Anjelesdan qimmatbaho villalar sotib olishga sarflagani¸ marhum prezident kenja qizi va kuyovining Karimov o‘lgandan so‘ng O‘zbekistonda biznesi qolgan-qolmagani¸ ularning O‘zbekistondagi sobiq kompaniyalari faoliyati tekshirilayotganiga oid norasmiy ma’lumotlar haqidagi savollari ham javobsiz qolgan.

33 millionga sotilgani aytilayotgan qasr Karimova-Tillayevlarning ushbu mavzedagi yagona ko‘chmas mulki emas.

2020-yil avgustida AQSH matbuoti Lola Karimova-Tillayeva AQSHning eng qimmat hududlaridan biri hisoblangan Hollivud tepaliklaridagi bir emas¸ uchta villasini bir paytning o‘zida sotuvga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Uchala villa 2014-yilning yozida offshor kompaniyalari orqali 16.1 million dollarga sotib olingan bo‘lsa¸ 2020-yil avgust holatiga ular 18.9 million dollarga baholangan.

Los Anjelesning eng qimmat rayoni – Hollivud tepalikarida joylashgan villalarning eng arzoni uchun 5 million 995 ming¸ qimmati uchun esa¸ 6 million 495 ming AQSH dollari so‘ralgan.

Uylardan eng kichigining yashash sathi 305 kv. metr¸ kattasi esa¸ 411 kv.metrdir.

Amerika matbuotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uylar sotib olingan 2014- yildan 2020-yil avgustiga qadar Karimova-Tillayevlar bu villalarning birortasida yashamagan.

AQSH nashri tomonidan “diktator” deb tasniflangan Islom Karimovning kenja qizi sotuvga qo‘ygan villalar keyingi yillar mobaynida vaqti-vaqti bilan ijaraga beriladigan qimmatbaho ko‘chmas mulk ro‘yxatida ko‘zga tashlanib turgani aytilgan.

Lola Karimova va uning eri Timur Tillayev sotuvga qo‘ygan bu uch villaning ikkitasi ularda dunyoga mashhur shaxslar yashagani bilan ko‘z-ko‘z qilingan va ularning narxi ham shunga ko‘ra qimmatroq baholangan.

Xususan¸ qariyb 6.5 million dollarlik villada¸ uni Lola Karimova sotib olgunga qadar¸ Amerika futboli yulduzlaridan biri Reggie Bush va uning sobiq ma’shuqasi Kim Kardashian yashagan.

Variety.comning yozishicha¸ sotuv reklamasida villaning ana shu taniqli juftlik ta’biga ko‘ra ta’mirdan chiqarilgani alohida ta’kidlangan.

Uch qavatli bu villada¸ lift¸ kinoteatr¸ qimmatbaho oshxona¸ basseyn va xos spa saloni bor. Uni boshqa qimmat villalardan ajratib turadigan asosiy jihat esa¸ suratlardan ko‘rilishicha¸ adir tepasida joylashgani bois uning to‘rtala tomonidan Los Anjeles va Tinch okeani manzarasining kaftdagidek ko‘rinib turishidir.

6.4 million dollarlik ikkinchi villa¸ uning reklamasida iddao qilinishicha¸ Beatles guruhining dunyoga mashhur qo‘shiqchisi John Lennon va rafiqasi Yoko Oko tomonidan qayta qurilgan. Aftidan¸ bu iddaoni qo‘llovchi dalillar yo‘qligidan¸ AQSH nashri uni “mish-mish” deb atagan.

44 yashar Lola Karimova O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.

Karimovning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova 2014-yildan beri O‘zbekiston sudi tomonidan og‘ir iqtisodiy jinoyatlar¸ xususan¸ katta miqdordagi korrupsiya va pul yuvishda ayblanib¸ uzoq yillik qamoqqa mahkum etilgan.

XS
SM
MD
LG