Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:54

Londondan Gonkonggacha. Gulnora Karimova ko‘chmas mulklar uchun $240 million sarflagan - hisobot


Gulnora Karimova Moskvadagi modalar ko‘rgazmasida. 2-aprel, 2011
Gulnora Karimova Moskvadagi modalar ko‘rgazmasida. 2-aprel, 2011

“Freedom For Eurasia” tashkiloti olib borgan tadqiqot xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston diktatorining pop yulduzi va diplomat sifatida o‘zini ko‘z‑ko‘z qilgan qizi Londondan Gonkonggacha bo‘lgan turli shaharlardagi ko‘chmas mulklar uchun 240 million AQSh dollari sarflagan.

BBC News’ning iqtisodiy masalalar bo‘yicha muxbiri Endi Veriti ushbu tashkilot hisobotiga tayanib yozishicha, Gulnora Karimova korrupsiya va pora orqali qo‘lga kiritilgan pullarga bir necha uy va samolyot sotib olgan va bunda unga Britaniya kompaniyalari yordam bergan.

London va Britaniya Virjiniya orollarida joylashgan buxgalteriya firmalari Karimovaning bitimlarida ko‘maklashgan.

Ushbu hisobot Britaniyaning noqonuniy mulklarga qarshi kurash bo‘yicha sa’y‑harakatlariga nisbatan shubha uyg‘otadi, deydi Endi Veriti.

Karimovaning Britaniyada bu qadar osonlik bilan mulk sotib olgani “xavotirli” hol, deyiladi hisobotda.

Bu kompaniyalar uchun ishlaganlar ularning Karimovaga aloqador ekanini bilganmi‑yo‘q, hisobotda aniq aytilmagan. Britaniyada bunday xizmat ko‘rsatganlar ishi surishtirilmagan va hech kim jarimaga ham tortilmagan, deyiladi Bi-bi-si maqolasida.

“Freedom For Eurasia” tadqiqotchilari ko‘chmas mulk reyestrlari hujjatlarini o‘rganib, u hibsga olinishidan oldin shubhali fondlar orqali Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Dubay va Gonkongda kamida 14 ta mulk sotib olganini aniqlashgan.

Bi-bi-si muxbirining 14-mart kuni e’lon qilinishi kutilayotgan hisobotdan iqtibos keltirishicha, unda London va uning atrofidagi 50 million funt qiymatdagi 5 ta mulkka e’tibor qaratiladi. Ular orasida Bukingem saroyi g‘arbida, Belgraviyadagi kvartiralar, Meyfeyrdagi uy va Surreydagi xususiy ko‘li bo‘lgan 18 million funtlik uy bor.

"Бу ерда ҳамма нарса қийноқ устига қурилган". Мирзиёевнинг VIP маҳкумлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:30 0:00

2013-yilda Karimova hibsga olinishidan oldin Belgraviyadagi ikkita kvartira sotilgan. 2017-yilda “Serious Fraud Office” Meyfeyrdagi uyni, Surreydagi uyni va Belgraviyadagi uchinchi kvartirani muzlatib qo‘ygan.

BBC News muxbirining yozishicha, «Freedom For Eurasia» hisobotida yana Karimova yoki uning sheriklari jinoyatdan tushgan mablag‘larni ko‘chmas mulk va shaxsiy samolyotlarga sarflashiga yordam bergani aytilayotgan London va Britan Virjiniya orollaridagi firmalar nomi ham keltirilgan.

“Freedom For Eurasia” tashkiloti vakili Tom Meynning BBC News muxbiriga aytishicha, Karimovaning Buyuk Britaniyada shunchalik ko‘p mulk sotib olishi xavotirli holdir.

  • O‘z vaqtida otasining ehtimoliy merosxo‘ri sifatida ko‘rilgan Gulnora Karimova 2014-yilda, hali otasi prezidentligidayoq korrupsiya ayblovlari bilan hibsga olingandi.
  • 2015-yilda u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2017-yilda esa u ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha 10 yil qamoq jazosi olgan. Keyinchalik mazkur jazo besh yilga ozodlikni cheklash jazosi bilan almashtirilgan.
  • 2020-yilning mart oyida Karimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmi bilan 13 yilu 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Karimova jinoiy uyushma tuzish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan.
  • U 2019-yil bahoridan beri Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda.
XS
SM
MD
LG