Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 05:51

Malayziya bosh vaziri uch kunlik tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi


Malayziyalik siyosatchi Anvar Ibrohim uzoq yillar davomida muxolifat liderlardan biri bo‘lib hisoblangan (arxiv surati)
Malayziyalik siyosatchi Anvar Ibrohim uzoq yillar davomida muxolifat liderlardan biri bo‘lib hisoblangan (arxiv surati)

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda ma’lumot tarqatgan prezident matbuot xizmati Anvar Ibrohim Toshkentga Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan kelayotganini qayd etgan.

“Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, deyilgan xabarnomada.

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

Anvar Ibrohimning Samarqand va Buxoro shaharlariga ham borishi, shuningdek, qo‘shma biznes forumida ishtirok etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG