Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 11:19

"Mamlakat imijiga zarba". Pokistonlik talabalar Qirg‘izistonni tark etmoqda


Покистонда Қирғизистондаги талабаларнинг хавфсизлигини таъминлаш талаби билан ўтказилган намойиш - 18 май, 2024
Покистонда Қирғизистондаги талабаларнинг хавфсизлигини таъминлаш талаби билан ўтказилган намойиш - 18 май, 2024

O‘tgan hafta Bishkekda hindistonlik va pokistonlik talabalarga nisbatan uyushtirilgan zo‘ravonliklardan so‘ng, yuzlab pokistonlik talabalar Qirg‘izistonni tark etdi.

Yuz bergan tartibsizliklar ortidan Qirg‘izistondagi AQSH hamda Turkiya elchixonalari o‘z fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

So‘nggi ko‘ngilsizliklar Qirg‘izistonning chet elliklar uchun xavfsiz joy sifatidagi obro‘siga putur yetkazibgina qolmay, uni daromad manbaidan ham mahrum qilishi mumkin.

Qirg‘iziston rasmiylarining aytishicha, mamlakatda tahsil olayotgan xorijlik talabalar har yili iqtisodiyotga 180 million dollargacha foyda keltiradi.

Бишкекда оломон хорижликларга ҳужум қилди - ўнлаб одам яраланган, 4 киши ҳибсда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:48 0:00

Qirg‘iziston ta’lim vaziri o‘rinbosari Rasul Abazbek-uuluning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda postsovet hududidan bo‘lmagan 28 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Xalqaro talabalarning katta qismi, ya’ni 24,000 ga yaqini - Hindiston va Pokistondan bo‘lib, ular asosan tibbiyot yo‘nalishida, yiliga 3000 ming dollar kontrakt to‘lab o‘qiydi.

«Bu yerda yashovchi xorijlik talabalar taksi, restoran va sartaroshxona xizmatlaridan foydalanib, mamlakatimizda pul sarflashadi. Ular har yili iqtisodiyotimizga 136 million dollardan 181,4 million dollargacha foyda keltirmoqda», — deya ta’kidlaydi ta’lim vaziri.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ishonilsa, Qirg‘izistondagi xorijlik talabalarning umumiy soni 60 mingga yaqinni tashkil etadi. Ularning kattagina qismi sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan talabalardir. O‘zbekistondan 24,5 mingga yaqin, Rossiya va Qozog‘istondan 2000 dan ortiq talaba qirg‘iz oliygohlarida tahsil oladi.

Qo‘shni davlatlardan kelgan talabalar asosan, rus va qirg‘iz tillaridagi fakultetlarda tahsil oladi. Bu ingliz tili kurslariga qaraganda birmuncha arzonroq.

Abazbek-uuluning aytishicha, poytaxtdagi talabalar yotoqxonasiga qilingan hujumlar Qirg‘izistonning xorijlik talabalar uchun «ta’lim markazi» sifatidagi obro‘siga putur yetkazadi.

Qirg‘izistondagi chet ellik talabalar soni so‘nggi o‘n yil ichida sezilarli darajada oshgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2012-13-o‘quv yilida Qirg‘izistonda 11300 ga yaqin xorijlik, jumladan Qozog‘istondan 4457 va Hindistondan 1140 ga yaqin, Pokistondan 778 nafar chet el fuqarosi tahsil olgan.

Abazbek-uulu o‘z ta’lim tizimi va iqtisodini ko‘tarish uchun xorijlik talabalarni jalb qilishga urinayotgan davlatlar o‘rtasidagi keskin «raqobat» haqida ham gapirdi.

Qirg‘iziston va uning Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlari kontrakt to‘lovlari va yashash xarajatlari nisbatan pastligi hamda soddalashtirilgan viza rejimi tufayli hind va pokistonlik talabalar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Hindiston va Pokistonda tibbiyot eng obro‘li hamda va yaxshi haq to‘lanadigan sohalar sirasiga kiradi.

Boshqa Osiyo davlatlari va G‘arb mamlakatlarida o‘qish to‘lovlari ancha yuqori.

Тўқсон фоизи ўзбекистонлик. Қирғиз ОТМлари ўзбек талабаларни нимаси билан ўзига тортяпти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:34 0:00


Qirg‘izistondagi «Oazis» jamg‘armasi rahbari Meerim Osmonaliyevaning aytishicha, Bishkekdagi xorijlik talabalarga qilingan hujumlardan keyin mamlakatga o‘z imidjini tiklash uchun «uzoq vaqt» kerak bo‘ladi.

«Qirg‘iziston mehmondo‘st mamlakat. Mamlakatimiz obro‘siga putur yetayotgani uyatli holat. Yurtimiz imijini tiklash ko‘p vaqt talab etadi», deydi u Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga.

2021-yilda Xalqaro Migratsiya Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatadiki, qirg‘izistonliklarning aksariyati o‘z mamlakatiga xorijlik talabalar va muhojirlarni qabul qilishni ma’qullab, bu Qirg‘izistonga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan.

Respondentlarning 80-90 foizi xorijliklar iqtisodiyotga sarmoya olib kelish bilan bir qatorda xalqning chet tillari va madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, shu bilan birga yangi biznes va sarmoyaviy imkoniyatlar yaratadi, deya fikr bildirgan.

XS
SM
MD
LG