Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:32

"Manfaatlar to‘qnashuvi" va "biznesdan ketish". Allamjonov Prezident Administratsiyasiga qaytdi


38 yashar Komil Allamjonov 2017 - 2018-yillarda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari-prezidentning matbuot kotibi lavozimida ishlagan.
38 yashar Komil Allamjonov 2017 - 2018-yillarda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari-prezidentning matbuot kotibi lavozimida ishlagan.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

26-iyul kuni e’lon qilingan farmonda Allamjonov Prezident Administratsiyasida qaysi sohaga rahbarlik qilishi aytilmagan, ammo xabarlarga ko‘ra, u jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas’ul bo‘ladi. Oxirgi tayinlovga qadar prezident administratsiyasida bunday lavozim yo‘q edi.

Tayinlovdan bir necha daqiqa o‘tib, o‘zining tarmoqlardagi sahifalarida videobayonot joylashtirgan Allamjonov Mass-media rahbarligidan ketgani va shuningdek, o‘zining "barcha biznes loyihalari, kompaniyalarini boshqa egalariga topshirishi"ni e’lon qildi. U o‘zining qarorini "manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiligi" bilan tushuntirdi va "qolganlarga ham shuni maslahat berishi"ni ta’kidladi.

O‘zining Feysbuk sahifasida tayinlov haqida e’lon qilgan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ingliz tilida "Bortga qaytadan xush kelibsiz!" deb yozdi.

Bu joriy yil 8-iyulida administratsiyaning sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov lavozimidan bo‘shatilganidan buyon prezident ma’muriyatidagi uchinchi tayinlov. 16- iyul kuni prezident Mirziyoyev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovni administratsiya rahbari lavozimiga tayinlagan, o‘tgan hafta Umurzoqovning sobiq o‘rinbosari Sunattila Bekenov administratsiya rahbarining yordamchisi etib tayinlangandi.

Президент Администрациясининг янги раҳбари Сардор Умурзоқов ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:12 0:00

Ozodlik manbalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari raisining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Prezident Administratsiyaning sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov faoliyati yuzasidan tekshiruv borayotganini aytmoqda. Hozircha bu borada biron rasmiy ma’lumot yo‘q. Zaynilobiddinov Qoraqalpog‘istondagi qonli voqealar ortidan ishdan chetlatilgan edi. Ozodlik manbalari yangi tahrirdagi konstitutsiyada Qoraqalpog‘iston maqomining bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar taklifi ortida sobiq administratsiya rahbari turganini aytishgan.

Президент Администрацияси раҳбарлигидан четлатилган Зайнилобиддин Низомиддинов ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:09 0:00

38 yashar Komil Allamjonov 2017-yil dekabridan 2018-yil noyabrigacha prezidentning matbuot kotibi, Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yildan 2020-yil yanvarigacha prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori. 2020-yil yanvaridan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

OzodNazar: Комил Алламжонов: Каримов ўлдирган матбуотга Мирзиёев жон киритди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:52:27 0:00

Prezident Administratsiyasida yuqori lavozimni egallagunicha Allamjonov bir muddat Davlat soliq qo‘mitasida ishlagan va undan so‘ng tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. "Avtotest" innovatsion avtomaktabi va Milliy TV ga asos solgan Allamjonov davlat lavozimidan o‘zining biznes manfaatlarini ilgari surishda foydalangani va monopoliya yaratishga uringani haqidagi ayblarni, jumladan, Ozodlik bilan suhbatda qat’iyan rad etgan. Prezident matbuot kotibi, AOKA rahbari va Mass-media fondi raisi sifatida u o‘zini so‘z va matbuot erkinligining himoyachisi sifatida taqdim qilib kelgan.

XS
SM
MD
LG