Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2021, Тошкент вақти: 00:37

Markaziy Osiyoda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paya boshladi. O‘zbekistonda yangi antirekord qayd etildi


O‘zbekistonda 14 - martdan boshlab koronavirusga chalinganlar soni keskin o‘sa boshladi. O‘sha kuni 2021 - yil hisobidan ilk antirekord qayd etilgan – koronavirusga chalingan yuzdan ortiq odam aniqlangan.

Ayni paytda Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumatlari ham koronavirusga chalinganlar va o‘limlar soni so‘nggi kunlarda ko‘payganini bildirmoqda. Qirg‘izistonlik mutaxassislarga ko‘ra, keyingi 28 kunda bemorlar soni yanada ko‘payishi kutilmoqda.

Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida ham koronavirsga chalinganlar soni kundan kun ko‘payib borayotgani tashvish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston. Yil boshidan beri eng ko‘p bemor 24 - mart kuni aniqlandi

O‘zbekistonda 24 - mart kuni 138 kishida COVID-19 aniqlandi. Ulardan 111 nafari Toshkent shahrida. Bu 2020 - yilning shu kunigacha bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi 25 - mart kuni xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 - mart holatiga ko‘ra, koronavirus yuqqanlar soni 81 816 kishiga yetdi. Bemorlardan 80 143 nafari tuzaldi. Rasman bildirilishicha, 623 bemor vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘zbekistonda 14 - martdan boshlab koronavirusga chalinganlar soni keskin o‘sa boshladi. O‘sha kuni 2021 - yil hisobidan ilk antirekord qayd etilgan – koronavirusga chalingan yuzdan ortiq odam aniqlangan.

Qozog‘iston. Koronavirusdan bir kunda 13 kishi vafot etdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1105 kishida koronavirus aniqlandi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 - mart kuni bildirishicha, bemorlardan 13 kishi vafot etdi. Ulardan 11 nafari COVID-19dan, 2 nafari esa “kovidnamo zotiljam”dan o‘lgani xabar qilindi.

Qozog‘istonda bemorlarning asosiy qismi Olmaotada (341 nafar) va Nur-Sultonda (195 kishi) aniqlandi.

Rasman bildirilishicha, o‘tgan yilning martidan to shu kungacha Qozog‘istonda 236 200 kishiga koronavirus yuqqan. O‘tgan yilning 1 - avgustidan beri 50 152 kishida zotiljam aniqlangan.

Pandemiya boshlanganidan beri Qozog‘istonda bemorlardan 2952 kishi koronavirusdan o‘ldi, yana 669 kishi “kovidnamo zotiljam”dan vafot etgani qayd etildi.

Qirg‘iziston. Keyingi 28 kunda bemorlar soni yanada ko‘payishi mumkin

Qirg‘iziston rasmiylarining bildirishicha, so‘nggi bir sutka ichida mamlakatda koronavirusdan yana 2 kishi vafot etdi. Bu bilan bu mamlakatda koronavirusdan o‘lganlar soni 1494 kishiga yetdi.

So‘nggi bir kun ichida 106 bemor aniqlandi. Ularning 61 nafari Bishkekda. Bu bilan Qirg‘izistonda COVID-19ga chalinganlar soni 87 758 kishini tashkil qildi.

Qirg‘izistonda so‘nggi oylarda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 30 nafardan oshmayotgan edi. 24 - mart kuni esa aniqlangan bemorlar soni keskin ko‘paydi.

Mutaxassislar shundan kelib chiqqan holda, mamlakatda koronavirusning yangi to‘lqini boshlanganini aytmoqdalar.

Mutaxassislarga ko‘ra, ayni paytda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni barqaror deb aytish mumkin. Biroq keyingi 28 kun ichida bemorlar soni keskin ko‘payishi kutilmoqda.

Markaziy va Sharqiy Yevropada o‘lim ko‘rsatkichi keskin oshdi

Polsha, Ukraina va Bolgariyada koronavirus yuqqanlar soni va o‘lim ko‘rsatkichi keskin ko‘tarilayotgani ma’lum qilindi.

COVID-19 infeksiyasining yangi to‘lqini boshlanar ekan, Yevropa mamlakatlari emlash kampaniyalarini jadallatishga va yangi cheklovlarni joriy etishga urinmoqda.

24 - mart kun Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq o‘limlarning kunlik ko‘rsatkichi rekord darajaga yetdi. Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovning aytishicha, so‘nggi 24 soat ichida 14 174 odam virusni yuqtirgan, 342 kishi vafot etgan.

Bolgariyada esa virusga chalinganlar soni pandemiya boshlanganidan beri kuzatilmagan sur’atda ko‘tarildi. Xususan, mamlakatda bir sutkada 4 851 ta virusga chalinish holati kuzatildi.

Polshada esa 24 soat ichida 29 978 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi, natijada hukumat cheklovlarni kuchaytirishni va’da qildi.

AQShdagi Jon Xopkins universitetining bildirishicha, shu kungacha dunyoda 124 million 700 ming odam koronavirusga chalingan. Bemorlardan 2 million 700 minggi vafot etgan.

XS
SM
MD
LG