O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yilning dekabr oyi mobaynida o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar sabab 1 ta bank, 1 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi.
Regulyatorning matbuot xizmati qaydicha, Bank nazorati qo‘mitasi MBning ko‘rsatmalari va me’yoriy talablariga, shuningdek, valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmagani vajidan 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti sanksiya qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirish berilgan.
Ta’zir choralari qo‘llangan yoki ogohlantirilgan moliya tashkilotlari nomi ochiqlanmagan.
MB 2024-yil noyabr oyi mobaynida qoidabuzarliklar sabab mamlakatdagi 8 ta bank, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘llagan edi.