Линклар

Шошилинч хабар
02 May 2026, Тошкент вақти: 22:58

MDH liderlari maxsus xizmatlar hamkorligini kuchaytirishmoqchi

Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan, 2024-yil 8-oktyabri (president.uz fotosi)
Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan, 2024-yil 8-oktyabri (president.uz fotosi)

Rossiya poytaxti Moskvada 8-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Rossiya prezidenti raisligida o‘tgan sammitda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Armaniston yetakchilari qatnashgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tahdidlarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida dasturiy hujjatlarni qabul qilish muhimligi ta’kidlangan.

Rasmiy Toshkent O‘zbekiston tashabbusi bilan 2025–2027-yillar uchun MDH davlatlarining Deradikalizatsiya sohasida hamkorlik dasturi qabul qilinganini “sammitning muhim natijasi” deb baholagan.

Mashvaratda internet texnologiyalari va “Katta ma’lumot” (Big Data) industriyasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni jadal joriy etish, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolari kabi yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ham qayd etilgan.

Moskvadagi sammit Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuniga mo‘ljallab uyushtirilgan. Har yili 7-oktyabr kuni Kremlga “do‘st” mamlakatlar prezidentlarining Moskvaga borib, Putinni shaxsan tabriklab kelishi o‘ziga xos an’anaga aylanib ulgurgan.

XS
SM
MD
LG