Facebook, Instagram va Threads kabi platformalarni o‘z ichiga olgan Meta korporatsiyasi faktchekerlar ishini Community Notes – foydalanuvchilar izohi tizimiga almashtiradi. Bu haqda korporatsiya bosh direktori Mark Sukerberg ma’lum qilgan. U mazkur qarorni ifoda erkinligiga qaytish, deb atagan.
Sukerbergga ko‘ra, dezinformatsiya va zararli kontentga qarshi kurashning murakkab tizimi tez-tez xatoga yo‘l qo‘yib turgan, bu holat senzuraga olib kelgan. Masalan, AQSHda 2016-yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi chog‘ida, gap siyosiy masalalar haqida borgan paytda faktchekerlar ko‘pincha xolis bo‘lisholmagan.
Endilikda tartib-qoidalar soddalashtiriladi va foydalanuvchilar e’lon qilingan materiallar yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin bo‘ladi. Korporatsiya kontentni o‘chirib tashlash oldidan shikoyatlarni tekshirishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Meta siyosiy maqolalarni qasddan yashirib qo‘yishni to‘xtatadi. Korporatsiyaga ko‘ra, ular auditoriya uchun muhimdir.
Siyosiy noxolislikka oid gumonlarni kamaytirish uchun korporatsiyaning kontent moderatsiyasi bo‘limi Kaliforniyadan Texasga ko‘chiriladi. Meta, shunindek, boshqa mamlakatlarda ijtimoiy tarmoqdagi cheklovlarga qarshi kurashish uchun saylangan prezident Donald Tramp doxil AQSH rasmiylari bilan hamkorlik qilish niyatida.
Community Notes tizimi X ijtimoiy tarmog‘ida anchadan buyon foydalanib kelinmoqda, mazkur tizim postlarga kontekst qo‘shishga imkon beradi va shu bilan ularning yanada informativ bo‘lishi uchun sharoit yaratadi.