Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2021, Тошкент вақти: 05:18

"Metallolom solig‘i": Topshiriqni bajarmaganlarga ishdan haydash bilan tahdid qilinmoqda


O‘zbekistonda metallolom yig‘ish majburiy mehnat va norasmiy soliq turlaridan biri

Turli viloyatlardan Ozodlikka bog‘langan davlatga qarashli korxonalarning ishchi-xodimlari metallolom uchun pul yig‘ishga majburlanayotganlaridan shikoyat qilishdi.

Ularning iddao qilishlaricha, "metallolom solig‘i"ni topshirmaganlarga ishdan haydash bilan tahdid qilinmoqda.

Bir oydirki, mamalakatdagi deyarli barcha korxona va tashkilotlar metallolom “yig‘ish” bilan band.

Metallolom yig‘ish topshirig‘i Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan berilgan.

Mulozimlar tashkilotlarga metallolom yig‘ish topshirig‘i berilganini tasdiqlashdi, biroq xodimlardan majburan pul yig‘ilayotganini inkor qilishdi.

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasining bir guruh xodimlari Ozodlikka bog‘lanib, metallolom uchun pul yig‘ilayotganidan shikoyat qildi:

“Buxoro HETK ishchilari nomidan murojaat qilmoqdamiz. Rahbariyat bizni metallolom uchun pul berishga majburlamoqda. Oldin har birimiz 85000 so‘mdan yig‘ib berdik. Endi yetmaganiga qo‘shimcha yana 33000 so‘mdan berdik, yana o‘lganning ustiga tepganday, rangli metall uchun 25000 so‘mdan yig‘ib berdik. Biz xodimlar 5-6 million so‘m oylik olmaymiz-ku! Har oy temir-tersakka pul beraversak, oilani qanday boqamiz? O‘zi qayerdan chiqqan bunaqangi majburiy to‘lov? Biz ishchilarni himoya qiladigan tashkilot bormi?”

Xuddi shu mazmundagi shikoyat Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ishchilaridan ham keldi:

“Andijon HETK ishchilarimiz. Rahbariyat bizni metallolom togshirishga majburlamoqda. Oldin 36 ming so‘mdan yig‘ib berardik. Hozir esa har oyning 20-sanasida 55 ming so‘m yoki 20 kg qora rangli metall topshirish talab etilmoqda. O‘zi maoshimiz kam. O‘sha 55 ming so‘mga 1 kilo go‘sht olib bola-chaqamizga yedirsa bo‘lmaydimi?!”

Ozodlikning 25 - fevral kuni o‘rganishicha, “metallolom solig‘i” nafaqat Buxoro va Andijon HETKlarga balki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mamlakatdagi barcha - 16ta korxonasi xodimlariga solingan. Buni Xorazm, Samarqand va Sirdaryo HETKlari xodimlari Ozodlikka tasdiqlashdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ idorasining Ozodlik bog‘langan mulozimi HTEKlariga metallolom yig‘ish topshirig‘i berilganini inkor qilmadi. Biroq majburiy ravishda pul yig‘ilayotganini rad etdi.

Ayni paytda nafaqat HETKlar xodimlari, balki mamlakatdagi deyarli barcha idora va tashkilotlarga metallolom yig‘ish topshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ ham o‘ziga qarashli barcha tashkilotlarga metallolom yig‘ishni topshirgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimining Ozodlikka ma’lum qilishicha, metallolom uchun ishchilarning oylik maoshidan pul ushlab qolinmoqda.

“Qora va rangli metall topshirish vazifasini qo‘yishdi. Endi oliy ma’lumotli odamlar metallolom qidirib topishimiz kerak ekan. Topa olmasak, yonimizdan (oylikdan) to‘lashimiz kerak. Peshona terimiz bilan ishlab topgan oyligimizni kimlarningdir cho‘ntagini qappaytirish uchun sarflashimiz kerakmi?”,- deydi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan “O‘zbekneftgaz” AJ xodimi.

Uning aytishicha, metallolom yig‘ish topshirig‘ini bajarmaganlarga tahdid qilinmoqda:

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli tashkilotlar direktorlari ham nima qilishni bilmasdan yuribdi. “Qilmayman” desa, ugroza qilishyapti. Direktorlar ham nima qilsin? Ilojsizlikdan har bir ishchi-xodimga bo‘lib bergan. Har bir xodim oyiga 500-1000 kilogacha metallolom topshirishi kerak. Tasavvur qilyapsizmi, har oy!”.

“O‘zbekneftgaz” AJning Ozodlik bog‘langan mulozimi “metallolom solig‘i” Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi buyrug‘i bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 - yil 2Z - yanvardagi qarori asosida mamlakatdagi barcha idora va tashkilotlarga qora va rangli metall yig‘ish topshirilgan. Vazirlik qarori asosida “O‘zbekneftgaz” 25 - yanvarda o‘ziga qarashli MChJlarga metal yig‘ish borasida buyruq chiqardi. Bir oydan buyon shu buyruq asosida metall yig‘yapmiz”,- dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmaslikni so‘ragan “O‘zbekneftgaz” AJ mulozimi.

“O‘zbekneftgaz” AJ keyingi 1 oy ichida metall yig‘ishga oid 4 ta buyruq chiqargan bo‘lib, Ozodlik ushbu hujjatlar nusxasini qo‘lga kiritdi:

Hujjatlarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ bir yil ichida 10000 tonna qora va 350 tonna rangli metall topshirishi lozim.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari K. To‘xtayev tomonidan 22 - fevralda imzolangan hujjatda esa metallolom yig‘ish topshirig‘ini bajarmagan tashkilotlar ogohlantirilib, ularga nisabatan qa’tiy jazolar qo‘llanilishi qayd qilingan:

“Agarda oylik reja topshiriqlari bajarilmagan taqdirda ularga nisbatan qa’tiy intizomiy va zarur holatlarda ishdan olishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi”.

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Ozodlik bog‘langan mulozimi tashkilotlarga metall yig‘ish topshirig‘i vazirlik tomonidan berilganini tasdiqladi.

“Vazirlikning Geologiya- metallurgiya va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boshqarmasi bu ish bilan shug‘ullanyapti. Tashkilotlar yig‘ilgan metallni bizga emas, “O‘zmetkombinat”ga topshiradi”, - dedi mulozim.

Geologiya-metallurgiya va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda ishlab chiqarish uchun 1 million 26 ming tonna qora metall zarur bo‘lib, buning 742 ming tonnasi mamlakat ichkarisida yig‘iladi, qolgan qismi esa import qilinadi.

“O‘zmetkombinat”- O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJning Ozodlik bog‘langan mulozimiga ko‘ra, kombinatga topshirilayotgan har bir tonna metallolom uchun 2001000 so‘m narx to‘lanmoqda:

“2 million 1000 so‘m. Bu QQS bilan hisoblagandagi yagona narx. Yuridik shaxslar uchun bonuslarimiz ham bor. Topshirgan tonnasiga qarab 5 foizdan 15 foizgacha ustama narxlar ham belgilaganmiz”.

Metallolom yig‘ish amaliyoti O‘zbekistonda yillardan buyon kuzatib kelinayotgan amaliyot.

Bu haqda SizdanTelegram ruknida muntazam yoritib kelinmoqda.

XS
SM
MD
LG