Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:54

Migrantlarga ayrim xarajatlarni qoplab berish va’da qilinmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda endilikda chet elda ishlash istagida bo‘lganlarning ishchi vizasi, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakani baholatishga sarflagan xarajatlari qisman qoplab beriladi. Shuningdek, chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bu haqda 2-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotida bildirilgan.

Taqdimotda mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish uchun Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylantirish ko‘zda tutilgani qayd etilgan. Agentlik direktorining bir vaqtning o‘zida bandlik vaziri o‘rinbosari bo‘lishi, direktor mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini ham boshqarishi aytilgan.

Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi bo‘yicha alohida attashe faoliyat yuriladi, Saudiya Arabistonida ham agentlik vakili lavozimi joriy etiladi. Xorijdagi o‘zbekistonlik migrantlar masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan “koll-markazlar” tashkil etiladi.

Tadbirda “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yilishi, bunda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritishi, nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinishi urg‘ulangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. “Inson” markazlari tomonidan esa ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

Taqdimotda mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘m subsidiya berilishi, ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard so‘m ajratilishi va’da qilingan.

XS
SM
MD
LG